AQŞ prezidentligiga Donald Tramp saylanganidan keyin AQŞ boşçiligidagi harbiy koalitsiyaning havo kuçlari bergan zarbalari tufayli Obama davridagidan köra 4 barobar köp odam halok bölmoqda. Bu haqda The Daily Best xabar bergan.
Manbada aytilişiça, koalitsiyaning IŞID nazoratidagi hududlariga bergan havo zarbalaridan Tramp kelganidan buyon 2200 nafar tinç aholi vakili halok bölgan. Bu esa har oyda örtaça 360 kişi degani.
AQŞning avvalgi prezidenti Barak Obama davrida bu körsatkiç 80 kişiga teng bölgan.
Ekspertlarning aytişiça, bu aviazarbalarning köpayişi bilan boğliq deb öylaş töğri emas. Bunga sabab koalitsiyaning tinç aholi joylaşgan hududlarni örganmay zarbalarni yöllayotganidir.
Tramp özini AQŞ tarixidagi eng muvaffaqiyatli prezident deb atagan va Suriyadagi kuraşlar tobora samarali bölib borayotganini aytgan edi.












