AQŞ poytaxti Vaşingtondagi savdo va biznes majmuasida qöriqçilik qilib yurgan Knightscope K5 roboti kutilmaganda favvora tomonga yöl olib, unga şönğidi va çökib ketdi, deb yozmoqda The Verge naşri.

Naşrga köra, Knightscope roboti Georgetown Waterfront majmuasida joylaşgan "favvoraga töğri borgan". Robotning özini bunday tutişi sababi hozirça noma'lum. Bundan taşqari, robot işdan çiqqan-çiqmaganiga ham oydinlik kiritilmagan. "U özining işini yoqtirmaganmikan? U dahşatli yangiliklardan xabar topgandir? U kelajak hozir bölmasligini tuşunib yetgandir?" — deb yozadi naşr. 

Ma'lum qilinişiça, uşbu robotlarni işlab çiqaruvçi Knightscope kompaniyasi robot "haqiqiy qöriqçidan yaxşiroq ekanini, çunki iş vaqtida zerikmasligi"ni ta'kidlagandi. 

Knightscope K5 roboti raketasimon şaklga ega. Uning vazni 136 kg bölib, böyi 1,5 metrni taşkil etadi.