Saudiya Arabistoni hukumati avvalroq Uşaykir qadimiy qişloğida kalta yubkada sayr qilgan qizni qölga oldi. U özining sayri tasvirlangan videoni e'lon qilganidan söng, hodisa jiddiy bahs-munozaralarga sabab bölgandi. Bu haqda Associated Press xabar qilmoqda.
Avvalroq Saudiya Arabistoni hukumati kalta yubkada yurgani tasvirlangan videorolikni e'lon qilgan qizga nisbatan suriştiruv ötkazişi haqida xabarlar tarqagandi. Ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvçilarning aksariyati uni qölga olişni talab qilişgan, sababi u qirollikda qiz bolalar uçun belgilab qöyilgan qoidalarni buzgan. Biroq, uni qöllab-quvvatlaganlar ham topildi.
Qiz Ar-Riyodda “nokamtar kiyim-keçak”ni kiyib yurgani uçun qölga olindi. Mahalliy OAV ma'lumotiga köra, uning işi şahar prokuroriga topşirilgan.












