2016 yilda terrorçiliklarni sodir etiş va buning natijasida qurbonlar berilişi 2015 yilga nisbatan kamaygan. Iroqda teraktlar sodir etilişi köpaygani qayd etilgan bölsa, Suriyada bu kabi xunrezliklar soni pasaygan. AQŞ Davlat departamentining terrorizmga qarşi kuraş böyiça bölimi vakili Jastin Siberell şu haqda bayonot berdi. 

"2016 yilda terrorçilik hujumlarining umumiy soni 9 foizga kamaygan, bu kabi xunrezliklar oqibatida halok bölganlarning umumiy soni 2015 yilga nisbatan 13 foizga kamaydi", — degan Siberell brifingda.

Uning sözlariga köra, bunday natijaga Afğoniston, Nigeriya, Suriya, Pokiston va Yamanda terrorçiliklar kam sodir etilgani asos bölgan. Şu bilan birga, Iroq, Somali va Turkiyada teraktlar va qurbonlar soni ortgan. 

2016 yilda eng köp terrorçilikni IŞID amalga oşirgan. 2015 yilda Tolibon harakati bu borada yetakçi bölgan. 

Davlat departamentiga köra, ötgan yilda jami 104 davlatda teraktlar sodir etilgan. Ularning 55 foizi Iroq, Afğoniston, Hindiston, Pokiston va Filippinga töğri kelgan.