Iroqning Mösul şahrini IŞID jangarilaridan ozod etiş uçun olib borilgan janglar vaqtida tinç aholi vakillaridan 40 mingdan ortiq kişi halok bölgan. Bu haqda kurd razvedkasiga asoslangan holda Independent naşri xabar tarqatgan.
Qayd etilişiça, şahar aholisi jangarilar, iroqlik harbiylar, şuningdek, koalitsiya aviazarbalari qurbonlariga aylangan. Kurd siyosatçisi hamda Iroqning sobiq TIV rahbari Xoşiyar Zebariyning aytişiça, «hali ham xarobalar ostida köplab jasadlar qolmoqda».
Mösulni IŞIDdan ozod etiş kampaniyasi ötgan yilning oktabrida boşlangan, unda Iroq armiyasining maxsus bölinmalari, federal politsiya, armiyaning tezkor harakatlar uçun möljallangan qismlari iştirok etgan, armiya kuçlarini şialar va kurdlarning harbiy bölinmalari, şuningdek, AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya aviatsiyasi qöllab-quvvatlagan.
Iroq boş vaziri Haydar al-Obodiy ötgan haftada Mösul IŞIDdan töla ozod etilganini e'lon qildi. 3 yildan ortiq vaqt davomida şaharni nazorat qilgan jangarilar bu şaharni taşlab ketişdi. Şaharni ozod etiş amaliyotlarida koalitsiya kuçlariga rahbarlik qilgan amerikalik general Stiven Taunsend şaharni jangarilardan töla tozalaş uçun yana bir neça hafta ketişini bildirgan.
BMT şaharda qolgan aholi ta'minoti uçun 450 million dollar, şaharni tiklaş uçun milliard dollar sarflanişini ma'lum qilgan.












