Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev Xub şahrida (Belujiston provinsiyasi) sodir etilgan terrorçilik harakati oqibatida köplab begunoh insonlarning, ayniqsa ayollar va yoş bolalarning nobud bölgani munosabati bilan Pokiston Islom Respublikasi Boş vaziri Navoz Şarifga samimiy ta'ziya bidirilgan maktub yölladi. Bu haqda Özbekiston Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.
Davlat rahbari halok bölganlar va jabrlanganlarning oila a'zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik sözlarini izhor etdi.
Pokiston janubidagi Bobo Şoh Nuroniy masjidida 13 noyabr kuni sodir etilgan terakt oqibatida oxirgi ma'lumotlarga köra, kamida 52 kişi halok böldi, 100 dan ortiq kişi yaralandi. Portlaş çoğida binoda 500-600 kişi bölgani bildirilmoqda.
Pokiston matbuoti ma'lumotlariga köra, 14 yoşli ösmir özini portlatib yuborgan.












