Pokistonning Panjob viloyatidagi Lahor şahrida yuz bergan portlaş oqibatida kamida 22 kişi halok böldi, yana 32 nafar inson jarohat oldi. Bu haqda Geo TV xabar bermoqda.

Portlaş Arfa Karim nomidagi texnopark yonidagi Feruzpur Roud köçasida joylaşgan sabzavot bozoriga kiraverişda yuz bergan. Jabrlangan 32 insondan 11 nafarining ahvoli oğir ekani aytilmoqda.

Politsiya vakillarining telekanalga ma'lum qilişiça, portlaşni xudkuş terrorçi uyuştirgan. Uning maqsadi huquqni muhofaza qiliş idoralari xodimlarini yöq qiliş bölgan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, kamida uç politsiyaçi halok bölgan, bir neça nafari jarohatlangan.