Ma'lumki Prezident farmonida belgilanganidek, 2017 yil 1 martdan e'tiboran savdo-sotiq bilan şuğullanayotgan har bir tadbirkorlik sub'yektida plastik karta terminallari bölişi majburiy etib belgilandi. Bu masala köpçilik tadbirkorlarda savollar va taşvişlar tuğdirdi. Xususan, terminal uçun ariza yozganiga qaramay, ololmayotgan tadbirkorlar özlariga nisbatan qanday çoralar körilişi borasida aniq ma'lumotga ega emas. Ayni vaqtda, şunday tadbirkorlarga nisbatan qonunda belgilangan çoralar qöllanilmoqdami yoki birmunça yumşatişlar nazarda tutilganmi? 

Özbekiston Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari Hotambek Şokirov Xalqaro Press-klubda bölib ötgan sessiya doirasida uşbu masalalarga oydinlik kiritdi.

“Aslida qonunga binoan terminali bölişi kerak bölgan, terminali bölmagan tadbirkorlarning ayrimlarini istisno tariqasida javobgarlikka tortmayapmiz. Agar ular terminal oliş uçun öz bankiga rasman murojaat qilib, unga xizmat körsatuvçi bank tomonidan ariza röyxatga olingan bölsa, unga nisbatan çora körilayotgani yöq. Hozirda 13 mingga yaqin terminal yetişmaydi. Ammo, terminal olganidan söng foydalanmasa yoki plastik kartoçkani rad etsa, çoralar köriladi”, - dedi Soliq qömitasi raisi örinbosari.