«Tolibon» radikal harakati jangarilari 29 iyulda Afğonistonning Qandahor viloyatidagi töğonni portlatib yuborişdi va katta kölamdagi qişloq xöjaligi yerlarini suvsiz qoldirişdi, deb xabar bermoqda Khaama Press.
Töğonning vayron bölişi mahalliy aholi orasida sarosima uyğotdi. Ular yer maydonlarining suvsiz holati yomonlaşişidan xavotirlanmoqdalar.
Axborot agentligining ta'kidlaşiça, toliblar uşbu hodisaga izoh berişmagan.
Afğonistondagi vaziyat oxirgi oylarda yomonlaşgan. Avvalroq mamlakatning qişloq joylardagi katta hududini egallab olgan “Tolibon” yirik şaharlarga hujum boşlagan. Şuningdek, mamlakatda IŞIDning ta'siri kuçaygan.
Avvalroq toliblar Qandahordagi harbiy lagerga hujum amalga oşirişgandi. Hujum oqibatida 26 harbiy halok bölgan.












