Meksika hukumatining ma'lum qilişiça, markaziy amerikalik 147 kişi Verakruz ştatidagi sahroda qoldirib ketilgan. Xabarlarga köra, ularni noqonuniy odam taşiş bilan şuğullanuvçilar AQŞga borişda transport vositasi buzilib qolgani sababli yarim yölda qoldirib ketişgan.
Muhojirlarning 74 nafari Honduras, 59 kişi Gvatemala, 13 kişi Salvador fuqarolari ekani aytilmoqda. Yana bir kişi nikaragualikdir. Ular tor tirkamada AQŞ bilan çegaradoş Tamaulipas ştatiga ketayotgan bölgan. Ular uşbu ştatdan, Meksika milliy immigratsiya instituti taxminiga köra, AQŞga ötkazilişi kerak bölgan.
Qutqarilganlar orasida 48 nafar ösmir bölib, şulardan 14 nafari kattalar qarovida bölmagan.
Ular Verakruz ştati Ozuluama şahri yaqinidagi yöl yoqasida qoldirib ketilgan, deb xabar qilmoqda Reuters.












