Rossiya çempionatining 3-turidan örin olgan yana bir uçraşuv nihoyasiga yetdi. Unda «Amkar» klubi «Rostov»ni qabul qildi.

Uçraşuvning 66-daqiqasida mehmonlar vakili Zuyev tomonidan kiritilgan yagona gol «Rostov»ga ğalaba keltirdi. Bu jamoaning bu mavsumdagi ilk ğalabasi böldi.

Ahamiyatli tomoni uçraşuvning 88-daqiqasida «Rostov» tarkibida Özbekiston terma jamoasi hujumçisi Eldor Şomurodov zaxiradan maydonga tuşdi. Şomurodovning Rossiya çempionatidagi debyutiyoq samarali çiqişi mumkin edi. Uçraşuvga hakam tomonidan qöşib berilgan 2-daqiqada Şomurodov qarşi hujumda jamoadoşi Karen Bayramyanni darvozabon bilan deyarli yakkama-yakka vaziyatga olib çiqqandi. Biroq Bayramyanning zarbasi noaniq çiqdi.

Uşbu ğalabadan keyin «Rostov» hisobidagi oçkolar soni 4taga yetdi va jamoa 8-öringa kötarilib oldi. «Amkar» esa ketma-ket uçinçi uçraşuvda ham yutqazib sönggi örinlarda qolmoqda.

RFPL, 3-tur

Amkar – Rostov 0:1 (0:0)
Gol: Zuyev (66).
Amkar: Nigmatullin, Sivakov, Konde, Milkoviç, Idovu, Ryazantsev, Gigolayev (Balanoviç, 74), Gol, Komolov (Kostyukov, 69), Bodul (Gasilin, 80), Prokofev.
Rostov: Pesyakov, Parşivlyuk, Vilyuş, Ingason, Ustinov, Zuyev (Bayramyan, 67), Gatskan, Kalaçev (Mayer, 76), Yusupov, Mevlya, Dyadyun (Eldor Şomurodov, 88).
Ogohlantirişlar: Yusupov (81), Gol (90+2).