Fabio Kannavaro: «Top jamoaga qarşi öynaşni özim söradim»

Kannavaro Eron bilan öyin Özbekiston milliy jamoasi uçun jiddiy sinov bölişini taʼkidladi.

«Jahon çempionatidan keyin yaxşi şakllangan jamoaga qarşi örtoqlik bahsida öynaymiz. Şaxsan özim ÖFA rahbariyatidan top jamoalardan biriga qarşi öynaşimiz kerakligini söradim. Eronga ortiqça taʼrif beriş şart emas. U Osiyodagi eng yaxşi jamoalardan biri, tarkibida tajribali öyinçilar bor», - dedi Kannavaro.

Argentina bilan öyin nega ötkazilmadi?

Italiyalik mutaxassis Özbekistonning Argentina milliy jamoasi bilan örtoqlik öyini ötkazişi böyiça muzokaralar bölganini tasdiqladi.

«Haqiqatan ham Argentina milliy jamoasi bilan muzokara ötkazdik. Ammo öyinga uç hafta qolganda Argentina futbol federatsiyasi Messining xayrlaşuvi sabab uşbu bahsdan boş tortdi. Töğri, Suriya milliy jamoasi Argentina kabi kuçli emas. Biz Argentina singari top jamoa izladik, ammo buning imkonini topa olmadik», - dedi murabbiy.

«Milliy jamoa eşiklari hamma uçun oçiq»

Kannavaro Jahon çempionatida iştirok etgan, ammo hozirgi yiğindan çetda qolgan futbolçilar milliy jamoaga qaytişi mumkinligini aytdi.

«Milliy jamoa eşiklari hamma uçun oçiq. Jahon çempionatidan keyin ayrim öyinçilar jarohat oldi. Baʼzilari jamoa topa olmadi, kimdadir pasayiş kuzatildi. Lekin hammaning imkoniyatlarini yaxşi bilamiz. Bu yiğinda boşqalarga imkoniyat berişga qaror qildik», - dedi u.

16 yoşli Hakimovga imkoniyat beriladi

Kannavaro milliy jamoaga çaqirilgan «Bunyodkor»ning 16 yoşli futbolçisi Muhammad Hakimov haqida ham fikr bildirdi.

«Hakimovni Jahon çempionatidan oldin körganman. Yoş bölişiga qaramay, qörqmaydi va kuçli xarakterga ega. Bizning milliy jamoada yoş yoki keksa degan tuşunça yöq. Bölajak bahslarda unga ham maʼlum vaqt maydonga tuşiş imkoniyatini beramiz. Yoş futbolçida potensial va iqtidor bölsa, uni albatta yiğinlarga jalb qilamiz. Katta yoşli futbolçilarga ham imkoniyat beramiz», - dedi murabbiy.

Kannavaro futbolçilarni qanday tanlaydi?

Boş murabbiy milliy jamoaga futbolçilarni jalb qilişda ularning klubdagi öyini va jamoaga bera oladigan foydasiga eʼtibor qaratilişini bildirdi.