Turkiya Superligasi. 6-tur
«Istanbul Boşoqşehir» – «Gençlerbirligi» 4:0
Gollar: Olsen 9, Şomurodov 33, 65, Zelke 53 penalti
«Istanbul B»: Muhammad, Karbovnik, Emin, Ba, Saba, Umut, Kemen (Ergun, 62), Olsen, Brniç (Fayzullayev, 77), Zelke (Yildirim, 69), Şomurodov (Özjan, 77).
Turkiya Superligasi 6-turida «Boşoqşehir» öz maydonida «Gençlerbirligi»ni qabul qilib, yirik hisobda ğalabaga erişdi – 4:0.
Mezbonlar öyin startidayoq hisobni oçişdi, töp qanotdan jarima maydoniga yetkazib berilganida unga Eldor Şomurodov yeta olmadi, ammo Olsen qulay pozitsiyada turib darvoza törini işğol etdi.
Bölim örtalaridan ötganida özbekistonlik hujumçi raqib jarima maydoni markazida ideal tarzda oçildi va himoyaçilar orasidan ötkazib berilgan töpni darvozaga orqa turgan holda qabul qilib oldi va töpga ikkinçi teginişida aniq zarba berdi – 2:0.
Ikkinçi bölim boşida Şomurodov qanotdan töp oşirgan vaqtda istanbulliklarning boşqa bir hujumçisi, germaniyalik Devi Zelke penalti işladi va özi uni aniq ijro etdi.
65-daqiqada Şomurodov dublni rasmiylaştirdi va öyindagi yakuniy hisobni örnatdi – 2:0.
77-daqiqada 31 yoşli hujumçi zaxiraga olindi, Özbekiston milliy jamoasining boşqa bir vakili Abbosbek Fayzullayev esa şu vaqtda öyinga qöşildi.
Uşbu ğalabadan keyin «Boşoqşehir» oçkolari sonini 7 taga yetkazdi va turnir jadvalida 12-öringa kötarildi.

Qayd etiş kerakki, Şomurodov şu kuni joriy mavsumdagi gollari sonini 6 taga yetkazib oldi va ayni vaqtda «Galatasaroy» hujumçisi Viktor Osimhen hamda «Amedspor» aʼzosi Gift Orban bilan bir xil natija qayd etib, töpurarlar röyxatida 2-örinni bölişib turibdi. Röyxatga esa yozgi transferlar oynasida «Trabzonspor»ga kelib qöşilgan misrlik hujumçi Muhammad Saloh boşçilik qilmoqda – u şu turda «Galatasaroy»ga qarşi öyinda (4:0) het-trik qayd etdi va gollari sonini 7 taga yetkazib oldi.
Maʼlumot uçun, Şomurodov Turkiya superligasining ötgan mavsumida 22 gol urib, «Trabzonspor» hujumçisi Viktor Onuaçu bilan bir xil körsatkiç qayd etgan holda eng yaxşi töpurar bölgandi.












