Xitoy şarqida joylaşgan Tyane kölida antiqa qutqaruvçi paydo böldi. Robotlaştirilgan tezkor kater uzoq masofaga suzib ketgan odamlarni mumkin bölgan xavfdan ogohlantiradi va zarur bölganda çökayotganlarga suvdan çiqişlarida yordam beradi: çökayotganlar uning bortiga ilaşib olişlari mumkin. Öziyurar kater sohildan uzoqlaşgan harakatdagi obektlarni kameralar, akustik va infraqizil datçiklar yordamida aniqlaydi. GPS koordinatalarni aniqlaşga va olingan ma'lumotlarni radiosignal yordamida sohilga uzatişga yordam beradi. Dam olayotganlarning joylaşgan örni qutqaruv xizmati boşqarmasi markaziga uzatiladi.

Tezkor işlaş uçun maydoni 70 gektardan oşadigan köl şartli kvadratlar – xavfsiz va xavfli hududlarga bölingan, sohil böylab esa vaziyatni mnitoring qiliş uçun qöşimça datçiklar örnatilgan. Bundan taşqari, Tyane qutqaruv xizmati kölda falokatga uçraganlarga qutqariş vositalari, suv, oziq-ovqat, dori-darmon yetkazib beruvçi uçta dron olgan.

Hukumat 33 kişidan ibrat qutqaruv xizmati ommalaşgan dam oliş joyida osonlik bilan fojialarning oldini olişiga umid qilmoqda: mavsumda kölga 10 minggaça xitoylik keladi. Bu yerda har yili 10-15 kişi çökib ketadi.













