SAVOL: MeN xususiy korxona rahbariman. Korxonaga yuk va yölovçi taşuvçi avtotransport vositalarini lizing asosida sotib olib, taşiş faoliyatini amalga oşirmoqçiman. Uşbu faoliyatni amalga oşiriş uçun litsenziya talab etiladimi? Agar talab etilsa, bu masalada qaysi davlat idoralariga murojaat etişim kerak? 

A.SATTOROV,
Toşkent şahri

JAVOB: Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 14 iyuldagi 138-sonli qarori asosan, tijorat asosida amalga oşiriladigan yölovçilarni hamda yuklarni şaharda, şahar atrofida, şaharlar¬aro va xalqaro yönalişlar böyiça taşiş faoliyati ham, albatta, litsenziyalanişi şart.

Toşkent şahri va Toşkent viloyatida yaşovçi uşbu faoliyatni amalga oşiriş niyatida bölgan şaxslar şahar va viloyat hokimligining Yölovçilar taşiş transportining barça turlari harakatini litsenziyalaş va muvofiqlaştiriş departamenti litsenziyalovçi organga murojaat etişlari lozim.

Respublikamizning boşqa hududlarida — viloyatlarda esa Özbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va uning hududiy bölimlariga murojaat etilişi lozim.

Savolga Özbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Boş yuriskonsulti Ahmedjon JUMANIYoZOV javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.