Mutaxassislar ta’kidlaşiça, nikoh şartnomasi bölajak er-xotin yoki nikohda bölgan şaxslar örtasidagi mulkiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solişga xizmat qiladi.

Amaldagi tartibga köra, nikoh şartnomasi nikoh davlat röyxatidan ötkazilguniga qadar ham, nikoh rasmiylaştirilganidan keyin ham tuzilişi mumkin.

Agar şartnoma nikoh davlat röyxatidan ötkazilişidan oldin imzolangan bölsa, u nikoh davlat röyxatidan ötkazilgan kundan boşlab yuridik kuçga kiradi.

Şuningdek, nikoh şartnomasi faqat yozma şaklda tuzilişi va notarius tomonidan tasdiqlanişi lozim. Notarial tasdiqlanmagan şartnoma qonunçilikda belgilangan talablarga javob bermaydi.

Nikoh şartnomasi er-xotinning mol-mulki, undan foydalaniş, uni tasarruf etiş hamda boşqa mulkiy huquq va majburiyatlarini oldindan belgilaş imkonini beradi.