Iordaniya Parlamenti mamlakat qonunçiligida mavjud bölgan, uzoq yillardan beri köplab bahslarga sabab bölib kelayotgan kelişuvni bekor qilişga qaror qildi.
Gap şundaki, agar kişi boşqa kimsani jinsiy zörlagan taqdirda, u bilan turmuş qurişi va eng kamida 3 yil oilasini saqlab turişi talab etilar edi. Şundagina jinoyatçi öz qilmişlari uçun sud oldida javob bermay, jazodan qutulib qolişi mumkin. Endilikda bunday kelişuv nikohlari bekor qilinadi.
Joriy yilning aprel oyida Iordaniya hukumat a'zolari şu turdagi nikohni bekor qiliş maqsadida qonun loyihasini tayyorlaşga kirişgan edi. Bunday taşabbusga xayrixohlik bildirgan qirol Abdulloh seşanba kuni parlament tomonidan ma'qullangan qonun hujjatini imzolaşga tayyor ekanini aytgan. «Islom Isloh» bloki a'zosi Dima Tahbubning aytişiça, bunday qaror Islom şariati qoidalari va Iordaniya xalqi irodasidan kelib çiqib qabul qilindi.
Aholi orasida «308 modda» nomi bilan taniş bölgan kelişuv aslida 1911 yilgi Usmoniylar imperiyasi qonun hujjatlariga asoslanar edi. Bu esa öz örnida 1810 yil tuzib çiqilgan «Napoleança jazo» qoidalarida uçraydi. Aytib ötiş kerakki, uşbu nikoh kelişuvi yana sakkizta arab davlatlarida mavjud bölib, ulardan Livan va Bahrayn islohotlarga qöl uriş arafasida.











