Migratsiya agentligi xabariga köra, Boş konsulxona advokatlarni jalb qilgan holda voyaga yetmagan hamyurtga konsullik-huquqiy yordam körsatgan. Uning vatanga qaytişi bilan boğliq xarajatlar Migratsiya jamğarmasi hisobidan qoplangan.
Hozirda uning xavfsizligi, ijtimoiy-huquqiy va psixologik himoyasini taʼminlaş masalalari tegişli taşkilotlar nazoratiga olingan.
Agentlik xorijda zöravonlik, majburiy mehnat, tahqirlaniş yoki oğir moliyaviy vaziyatga duç kelgan fuqarolarni yordam sörab murojaat qilişga çaqirgan.
Bunday holatlarda Migratsiya agentligining xorijiy vakolatxonalari, Özbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bilan boğlaniş mumkin.
Murojaat uçun qisqa raqam - 1282. Şuningdek, @huquqiy_yordam_uzbot Telegram-boti orqali keça-yu kunduz murojaat yuboriş imkoniyati mavjud.

















