Prezident Şavkat Mirziyoyev bolalarga nisbatan zöravonlik jinoyatlari uçun jazolarni oğirlaştiruvçi qonunni imzoladi.
“Yoş bolaga nisbatan zöravonlikka aslo toqat qilib bölmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bölişi şart”, dedi Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva.
Qonun bilan 5 ta kodeks va 6 ta qonunga özgartirişlar kiritilmoqda.
“Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa - u xoh taʼlim muassasasi xodimi bölsin, xoh yaqin qarindoşi - javobgarlikka tortiladi. Bolaning ölimiga sabab bölgan jinoyatlar uçun berilgan jazo aslo yengillaştirilmaydi.
Bundan buyon 14 yoşga tölmagan bolaga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etgan şaxslarga 25 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday oğir jinoyatlar böyiça javobgarlikka tortiş muddatida çeklov bölmaydi.
Yoş bolaning xavfsizligi şart-şaroit yoki vaziyatlarga boğliq bölişi mumkin emas. Bolalar hayoti, soğliği, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qatʼiy jazodan qoçib qutula olmasligini bilişi şart”, – dedi Saida Mirziyoyeva.
Maʼlumot uçun, mazkur qonun avvalroq rezonans keltirib çiqargan voqea - Namangan viloyati Uçqörğon tumanidagi boğçaning 52 yoşli xöjalik işlari mudiri 5 yoşli qizni zörlagani fonida qabul qilindi.












