Vazirlar Mahkamasining «Ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmonlar va tibbiyot buyumlariga ehtiyojlarni aniqlaş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş töğrisida»gi qarori loyihasi QHTBT portalida joylaştirildi, deb yozmoqda Norma.uz.

Ijtimoiy ahamiyatga ega vositalar röyxatini Soğliqni saqlaş vazirligining doimiy faoliyat yuritadigan  komissiyasi tuzadi.

Röyxatga ijtimoiy ahamiyatga ega va atrofdagilar uçun xavf tuğdiradigan kasalliklarni davolaşga möljallangan  dorilar kiritilgan.

Dori vositalari iste'mol tahlilida quyidagi turlarga ajratiladi:

•  iste'moli me'yorlaştiriladigan dorilar;
•  öziga xos ta'sirga ega dorilar;
•  ta'siri keng bölgan dorilar.

Kelgusi yil uçun ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan dorilar va tibbiyot buyumlariga ehtiyojni aniqlaşda taşxislaş va davolaş standartlari, klinik yöriqnomalar hamda aholining soni va kasallaniş statistikasidan foydalaniladi.

Ijtimoiy-ahamiyatga ega dorilarning tasdiqlangan röyxati quyidagilarni aks ettiradi:

•  xalqaro patentlanmagan nomi;
•  dori şakli, dozasi, işlab çiqaruvçisi, sömdagi narxi (QQSsiz) körsatilgan savdo belgilari.

Dorilarga bölgan yiğma ehtiyojni davolaş-profilaktika muassasalari aniqlaydi. Aniqlangan ehtiyoj böyiça ma'lumotlar Qoraqalpoğiston Respublikasi soğliqni saqlaş vazirligi, viloyat soğliqni saqlaş boşqarmalari va Toşkent şahar soğliqni saqlaş boş boşqarmasiga soliştirma arizani tayyorlaş uçun topşiriladi.

Loyiha özgartirilişi, qöşimçalar kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.