Raqobatni rivojlantiriş va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi dori vositalarining ulgurji savdosida raqobatga zid şartlar qöyilişi bilan boğliq holatlarni örganmoqda.

Qömita xabariga köra, Özbekistonga joriy yilning 9 oyi davomida 305 ta korxona tomonidan dori vositalari import qilingan bölib, şundan 47,2 foizi 5 ta importyor hissasiga töğri keladi.

Tahlillar bozordagi konsentratsiya oşganini körsatmoqda: 2026-yil 1-oktabr holatiga çakana dorixonalar birlaşişi yoki yopilişi natijasida 2023-yilga nisbatan 8 foizga qisqargan, filiallar soni esa 33,8 foizga köpaygan. Xususan:

2023-yilda jami 13 744 ta dorixona mavjud bölgan:

  • ulgurji dorixonalar - 521 ta;

  • çakana dorixonalar - 13 223 ta, şundan:

  • asosiy dorixonalar - 8 584 ta;

  • filiallar - 4 639 ta.

2024-yilda dorixonalar soni 5,6 foizga kamayib, 13 010 tani taşkil etgan:

  • ulgurji dorixonalar - 466 ta;

  • çakana dorixonalar - 12 544 ta, şundan:

  • asosiy dorixonalar - 8 416 ta;

  • filiallar - 4 128 ta.

2026-yil 1-oktabr holatiga jami 14 598 ta dorixona mavjud bölgan:

  • ulgurji dorixonalar - 449 ta;

  • çakana dorixonalar - 14 149 ta, şundan:

  • asosiy dorixonalar - 7 940 ta;

  • filiallar - 6 209 ta.

“Sönggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim importyorlar va ulgurji distribyutorlar tomonidan talab yuqori bölgan dori vositalarini xarid qilişda