Joriy yil 7-23 avgust kunlari 7346 nafar özbekistonlik ziyoratçilarni haj safariga kuzatiş böyiça barça taşkiliy masalalar hal etilgan. Mazkur tadbir “Haj” va “Umra” tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş masalalari böyiça Jamoatçilik kengaşi qarorlari asosida amalga oşirilmoqda. Ziyoratçilarga safar oldidan Özbekiston ramzlari tuşirilgan maxsus kiyim va sumkalar, haj qöllanmasi va videotasmalar taqdim etildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, barça ziyoratçilar tibbiy körikdan ötkazilib, zarur vaksinalar bilan emlandi. Ziyoratçilar uçun taşkiliy masalalarni hal etiş maqsadida 28 iyul kuni 10 kişidan iborat dastlabki işçi guruhi Saudiya Arabistoni podşohligiga jönab ketdi. Hojilarimiz uçun Makka va Madina şaharlarida mehmonxonalardan joylar ajratilgan. Ziyoratçilarga transport, oziq-ovqat ta'minoti va tibbiy xizmat yölga qöyiladi. Mehmonxonada maxsus jihozlangan oşxona hamda tibbiyot markazi taşkil etilgan.
Har 49 nafar ziyoratçiga bittadan tajribali guruh rahbari (ellikboşi) biriktirilgan. Şuningdek, ziyoratçilarga 35 kişidan iborat işçi guruhi, 35 nafar şifokor va 15 nafar oşpaz xizmat körsatadi. Ziyoratçilar uçun Saudiyadagi mehmonxonalarda sun'iy yöldoş orqali Özbekiston televideniyasi dasturlarini tomoşa qiliş imkoniyati yaratiladi.
Ziyoratçilarni Saudiya Arabistonida kutib oliş va kuzatiş işlari Jiddadagi Boş konsullik tarkibida joriy etilgan haj va umra masalalari böyiça attaşe tomonidan taşkil etiladi.
Ziyoratçilar Madina şahrini 4 kun ziyorat qilganlaridan söng Makka şahriga yöl oladilar. 7 avgust kuni ikkita aviareysda Toşkent va Namangan şahridan 459 nafar ziyoratçilar Madina şahriga kuzatiladilar. Ziyoratçilarning haj safarini taşkillaştiriş böyiça Toşkent şahridagi “Novza” masjidida maxsus ştab taşkil qilingan. Haj safaridan ziyoratçilar 8-24 sentabr kunlari qaytişlari rejalaştirilgan.
“Haj-2017” mavsumi ziyoratçilarining oxirgi reysida 74 nafar Ikkinçi Jaxon Uruşi qatnaşçilari va ularga hamrohlik qiluvçilarni safarga yuborib, birinçi reys bilan Özbekiston qaytarib olib keliş rejalaştirilgan.












