Butun dunyo böylab köplab kompyuterlarni zararlagan WannaCry virusini töxtata olgan britaniyalik dasturçi Markus Xatçins Las-Vegasda Federal qidiruvlar byurosi xodimlari tomondan hibsga olindi.

Sky News naşri ma'lumotlariga köra, Kryptos Logic kompaniyasining 22 yoşli xodimi minglab xakerlar iştirok etgan kiberxavfsizlik anjumanidan keyin uşlangan.

Britaniyaning jinoyatçilikka qarşi agentligida bu ma'lumot tasdiqlangan, biroq bu “AQŞ hukumatiga tegişli masala” deb aytilgan.

Hozirça dasturçi aynan nimada ayblanayotgani noma'lum, FQB esa izoh bermayapti.

3 avgustda WannaCry virusi yaratuvçilari internet-kartmonlardagi barça pullarni yeçib olişgani ma'lum böldi. Twitter-bot yordamida xakerlar kartmonlarini kuzatuvçi Quartz sayti ma'lumotlariga köra, hujum taşkilotçilari deb ehtimol qilinayotgan noma'lumlar 12 may kunidan beri bitkoin-kartmonlarda saqlangan 140 ming dollarni yeçib olişga muvaffaq bölganlar.