Uruşayotgan davlatda qahramonlar odatda harbiylar böladi, lekin Ukrainada hozir 35 yoşli dasturçi yigit hammadan maşhur. Sobiq mudofaa vaziri Mixaylo Fyodorov xalq orasida qöllov böyiça Zelenskiy bilan bemalol raqobatlaşa oladi. Uning iste’fosidan keyin boşlangan namoyişlar hamon töxtagani yöq. Xöş, Fyodorov mudofaa vazirligi tizimida nima qilgandiki, odamlar uni bunçalik yaxşi körib qolişdi?
Dasturçilikdan mudofaa vazirligiga
Fyodorov yoşligidan davlat xizmatçisi bölişga qaror qilgan, şu yönalişda öqigan. Xususan, NATO vakillarining Ukrainadagi maktabida ta’lim olgan. Mutaxassisligi böyiça dasturçi. Özining aytişiça, 9-sinf vaqtida unga kompyuter sovğa qilişlari hayotini özgartirib yuborgan. Qiziquvçan yigit darsliklarni raqamlaştirişda öqituvçilariga yordam bergan, internet öyinlari orqali elektron pul işlagan.
Universitetning uçinçi kursida öqib yurganida uni Zaporijjya talabalar meri degan lavozimga saylaşadi. Bölajak vazir öz faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda tarğib qiladi, şu tariqa tarğibot böyiça professionalga aylanib boradi.
2015-yil özining şaxsiy SMM kompaniyasini oçgan Fyorodovning mijozlaridan biri Zelenskiyning «Kvartal-95» studiyasi böladi. Yigit Ukrainaning birinçi raqamli studiyasiga aylangan kompaniyaga qönğiroq qilib tarğibot uçun sarflayotgan xarajatlarini ikki baravarga kamaytiriş yölini bilişini aytadi va ular bilan işlaşni boşlaydi.
Hali prezidentlikka nomzodini qöyiş haqida e’lon qilmagan Zelenskiy Fyodorov bilan bir taqdimot böyiça gaplaşib, tanişganda şunday deydi: «Qiziq, biz sen bilan nega oldinroq birga işlamaganmiz?» Öşa suhbatda Fyodorovning qaraşlari Zelenskiyga ma’qul tuşadi, hatto undan şaxsiy blogini qanday yuritiş böyiça maslahat söraydi.
Keyinçalik Zelenskiy Fyodorovni prezidentlik kampaniyasi tarğibotiga jalb qiladi. Aynan Fyodorov sabab Zelenskiy kampaniyasi logotipida maşhur «Ze!» sözi paydo böladi. Ha, Fyodorov Ukraina katta siyosatiga Zelenskiy bilan birga, uning jamoasida kirib keladi. Öşanda uning vazifasi internetdagi tarğibot bölgan. Inauguratsiyadan keyin prezidentning ştatdan taşqari maslahatçisi etib tayinlanadi.
Uruş boşlangaç, Fyodorovga raqamli transformatsiya yönalişi işonib topşiriladi. «Diya», UNITED24, «Armiya dronov», Brave 1 kabi loyihalarga közingiz tuşgan bölsa kerak, Zelenskiy ularni köp marta reklama qilgan. Fyodorov ana şu loyihalar tepasida turgan. Uruş ketayotgan bölişiga qaramay, Ukraina hukumatni raqamlaştiriş borasida ulkan yutuqlarga erişdi. Bunday vaqtda davlat xizmatlarini raqamlaştiriş juda muhim edi, çunki uruş vaqtida harakatlaniş, davlat idoralarida navbat kutiş oson emas. Fyodorov ana şu muhim vazifani uddalaydi.
Lekin uning eng muhim loyihasi Ukraina armiyasini dronlar bilan ta’minlaş edi. Ukraina Ğarbdagi ittifoqçilaridan oğir artilleriya, raketa, qiruvçi samolyot, tank kutib çarçadi, köp yerlarini boy berdi. Şunda dronlar mamlakatni saqlab qolişi mumkin bölgan arzon qurol degan qarorga kelişdi. Fyodorov dron işlab çiqariş dasturlari tepasida turdi, dronlar armiyasi harakati orqali frontni turli uçuvçisiz qurollar bilan ta’minlab keldi. Ukraina uruşning beşinçi yili ketayotgan bir vaqtda aynan dronlar yordamida muvozanatni tikladi. Bugun Moskva xuddi front çiziği kabi hujumga uçraşi odatga aylandi va bu natijaga aynan dronlar evaziga erişişdi.
Bu yönalişdagi işlari sabab Zelenkiy Fyodorovni haqli tarzda Ukraina mudofaa vaziri lavozimiga tayinladi. Uni avvaliga Yermak örniga devon rahbarligiga qöymoqçi böldi, lekin samarali menejyer mudofaa vazirligiga mosroq degan qarorga keldi. Fyodorovning aytişiça, prezident unga barça masalada mustaqil, vijdonan qaror qabul qiliş vakolatini bergan. Şu sabab Fyodorov harbiy xaridlar borasida katta-katta odamlarga noqulaylik tuğdirgan qarorlar qabul qila boşlagan.
Fyodorov mudofaa vazirligidagi faoliyatini tizimni isloh qilişdan boşladi. Yarim yil içida keraksiz xarajatlarni kamaytiriş evaziga 6,6 milliard dollar tejaşga muvaffaq bölgan. Harbiy xaridlarning bir qismi erkin tenderga çiqarilişi natijasida 155-mmli snaryadlar Ukrainaga 16 foizga arzonroqqa tuşgan.
Fyodorov VSUni, harbiy xaridlarni isloh qiliş orqali davlat byudjyetiga milliardlab dollar tejaş imkoni beriş barobarida köp duşman orttirdi. Axir Ukrainada korrupsiya bilan boğliq vaziyat qandayligi ayon, uruş vaqti harbiy xaridlarda qanaqa katta pullar aylanişini tasavvur qilavering. Prezident atrofidagi odamlar uruş vaqtida davlat ğaznasini ömarib yurgan bir vaqtda SMMʼçi yigit mudofaa vaziri bölib, qinğir xaridlarni çeklaşni boşladi. Buni odamlar körib turgandi va tabiiyki, Fyodorovni yaxşi körib qolişdi.
Uning iste’fosini ukrainlar juda oğir qabul qildi. Kiyev meri Kliçko «Zelenskiy Fyodorovni u maşhur bölib ketayotgani uçun işdan olganini» aytib çiqdi.
Sirskiyga e’tirozlar
Zelenskiy Sirskiy va Fyodorovni ular talaşib qolgani uçun ketkazganini aytdi. Biz aksar namoyişçilar Sirskiy iste’fosini nega talab qilayotganini özi ham tuşunmasa kerak, degandik, lekin sobiq boş qömondonga aniq ayblovlar ham bor edi. Avvalo Sirskiy drondan foydalaniş mumkin bölgan joyda harbiylardan şturm uçun foydalanişda ayblandi. Drapatiy hujumda qurbonlar kam bölişi tarafdori ekani, u boşliği Sirskiyni emas, Fyodorovni qöllagani inobatga olinsa, sobiq mudofaa vaziri va sobiq qömondon şu masalada tortişganiga şubha yöq.
Yoş Fyodorov «Örtoq Sirskiy, nima kerak ming kişini hujumga taşlab, men sizga mingta dron beraman, odamlarni asraylik», degan, sovet maktabidan çiqqan Sirskiy «Droning odam bölarmidi», deb harbiylarni şturmga boşlagan, katta ehtimol. VSU 155-brigadasida aynan şu sabab dezertirlik avj olgani haqida yozib çiqişdi, köplab harbiylar Sirskiyga qarşi çiqdi.
Sirskiyning ham öz haqiqatlari bor. Uning fikriça, harbiylarning maoşiga sarflanişi kerak bölgan bir qism pullar dron sotib olişga işlatilgan. Şuningdek, Sirskiy aynan u uçuvçisiz qurilmalar kuçlarini armiyaning alohida bölinmasiga aylantirib, Madyarni rahbarlikka tavsiya qilganini aytdi.
Yana bir mojaro VSUda ham qöşni tomon kabi yuqoriga notöğri hisobot beriş holatlari köpaygani bilan boğliq. Masalan, Konstantinovkada prezidentga murojaat yöllab, şahar ozod qilingani haqida hisobot bergan ukrain harbiylar keyinroq asir tuşgandi. Bu mojarolar Sirskiy iste’fosini tezlaştirgan.
Ana şunaqa gaplar. Ukraina harbiy rahbariyatidagi intrigalarni imkon qadar qisqa qilib tuşuntirib berişga harakat qildim. Sözimiz oxirida hozirgi vaziyat haqida şaxsiy fikrimni bildirmoqçiman. Mixaylo Fyodorov xalq orasida bunçalik maşhur bölib ketgani Ukrainada demokratik institutlar işlayotganidan dalolat. Hozir ukrain jamiyatida eng maşhur odamlar – harbiylar, Zalujniy, Sirskiy, Drapatiy, Madyar, Malyuk, Xmara, bu röyxatni istagança davom ettiriş mumkin. Mana endi ular orasiga islohotçi menejyer Fyodorov ham qöşildi.
Harbiylar şunçalik maşhurki, Zelenskiy bir çekkada qolib ketişi heç gap emas. Taqqoslaş uçun Rossiyaga qarang, rossiyaliklar orasida qaysi harbiy ommaviy maşhurlikka ega? Sörov ötkazilsa, şubhasiz, hamon Georgiy Jukov eng maşhur harbiy bölib çiqadi. Prigojin maşhurlik çöqqisiga çiqqanda, avariya bölib öldi, Şoygu sal-pal maşhur edi, uning örniga heç kim tanimaydigan hisobçini mudofaa vaziri qilişdi, Surovikin haqida odamlar gapira boşlagandi, u ham Afrikada paydo bölib qoldi.
Rossiyada qaysidir mulozim işdan ketsa, hukumatga qarşi namoyiş bölişini tasavvur qiliş qiyin. Oxirgi marta Sergey Furgal qamalganda odamlar namoyişga çiqqandi. Keyin Furgalning ham, namoyişga çiqqanlarning ham ahvoliga havas qilib bölmadi. Mana şu faktning özi ikki jamiyat örtasidagi farqni yaqqol körsatib turibdi. Rossiyada faqat bir qahramon bölişi mumkin, kimligini yaxşi bilasiz...
















