Xabaringiz bor, Prezident Şavkat Mirziyoyev bir neça kun avval, bilib-bilmasdan diniy-ekstremistik oqimlarga kirib qolganlarni maxsus röyxatdan çiqariş böyiça öz tavsiyasini berdi. Şundan boşlab «çeklov nazorati röyxatida turganlarni oqlaş» böyiça tuzilgan işçi guruh Özbekistonning turli joylarida şu borada katta kölamli iş olib bormoqda.
Bugun Toşkent şahri Çilonzor hokimiyatida uşbu tumanda yaşovçi 56 nafar fuqaroni «maxsus röyxatdan çiqariş böyiça» tadbir bölib ötdi. Yiğilişda şahar va tuman hokimiyatidan vakillar, mahalla raislari, uçastka nozirlari, imom-domlalar hamda boşqa mas'ul şaxslar qatnaşişdi. Çilonzor tumanida sal avval bu tadbirlarning birinçi bosqiçi ötkazilgan, unda yuzdan ziyod yurtdoşimiz «çeklov nazorati röyxati»dan öçirilgan edi.

Bugungi tadbirda taniqli jurnalist, ma'lum sabablarga köra uşbu röyxatga tuşib qolgan Xayrulla Hamidov ham qatnaşgan va ijtimoiy tarmoqda tarqatgan xabariga köra maxsus röyxatdan olib taşlangan. Guvohlarning ta'kidlaşiça, bu majlis ança samimiy ötgan, qatnaşçilar öz hayajonlarini yaşirişmagan va dilga tugilib qolgan sözlarini minbarda baralla ayta olişgan. Ehtiroslar jöş urgan on har holda. Işçi guruh tomonidan bildirilgan tilaklar esa, quyidagiça bölgan:
— Prezidentimiz sizlarga yana imkoniyat bermoqdalar. Bugundan boşlab hayotingizning yangi sahifasi oçiladi. Oppoq qoğozdagi hayotni yaşab boşlaysizlar. Sizlarga yangi hayotingizda zafarlar yor bölişiga tilakdoşmiz. Bilamiz, ba'zilaringiz bilib-bilmasdan kirib qolgansiz bu yölga, ba'zilar esa, kimningdir turtkisi sabab jinoiy javobgarlikka tortilgan. Nazorat çeklovida röyxatda turganingiz oilangizga salbiy ta'sir qilganini ham bilamiz, kimlardir sizlarni hatto töylarga çaqirmaganini ham bilamiz. Bugundan boşlab sizlar bu röyxatdan öçirilasiz va har oy tuman içki işlar bölimiga qatnamaysizlar. Mahalla noziri sizni bezovta qilmaydi. Siz endi oppoq odamsiz. Faqat mana şu örinda Prezidentimizning iltifotlaridan töğri foydalanişingiz lozimligini eslatib ötsak. Endi Vatan ravnaqi yölida mahallaga, jamoaga, hamma-hammaga qöşilib xizmat qilasiz, degan umidimiz bor. Yangi hayotingiz bilan tabriklaymiz.
Kun.uz muxbiri uşbu tadbirda qatnaşgan Xayrulla Hamidov bilan qisqaça suhbat uyuştirdi.
— Xayrulla aka, avvalambor tabriklaymiz. Yaxşi kunlaringiz bardavom bölsin. Maxsus röyxatdan öçirişganida içingizdan qanday hislar ötdi?
— Rahmat, közimdan yoş çiqdi. Bu paytdagi his-tuyğularni söz bilan ifodalaş biroz muşkul. Lekin oddiy ta'bir bilan aytganda, ikki yildan beri böynimda turgan toğ ağdarilgandek böldi. Prezidentimizning sözlari, işonçlari va kelajakka bölgan da'vatlari yiğilganlar uçun yangi hayot maktabi böladi, deb öylayman. Hatto bu yiğilişda özimdan köra, yillar davomida «oylik röyxatdan ötiş uçun» qatnagan ayollarning közlaridagi yoşni körib, ğalati bölib ketdim. Ular uçun köproq xursand böldim.
— Bu «röyxat»dan çiqiş sizga qanday imkoniyatlar beradi, deb öylaysiz?
— Çeklov nazoratiga köra, har oy tuman içki işlar bölimiga qatnardim, şahardan çiqişim ham organ xodimlarining ruxsati bilan amalga oşardi. Çet elga qatnaş masalasi ham şu jumladan. Har kuni 22:00dan 06:00gaça uyda bölişim şart edi. Mana şu çeklovlar olib taşlandi. Şuningdek, köpçilikning «röyxatdagi odam» degan xavotirlari ham yöqoladi nasib qilsa.
s

— Şu masalada savol bermoqçi edik. Sizni ikki yildan beri futbol işqibozlari TVga qaytib qoladi, deb kutişardi. Qaytmayotganingiz, aniqroği, qayta olmayotganingizning sababi şu röyxatmidi?
— Aynan şu röyxat, deya olmayman. Çunki «Oriat dono» radiosida haftada ikkita dasturda qatnaşyapman. Maqolalarim gazeta va saytlarda çiqib turibdi. Lekin baribir işga olmoqçi bölgan rahbarlar maxsus röyxatda turgan odam bilan faoliyat olib borişdan çöçişadi. Bu bor gap. Endi öylaymanki, TV rahbariyati qörqmasdan meni işga çaqirişlari mumkin. Şarhni soğinganman.
— Işlaringizga omad. Biz ham sizning ovozingizni terma jamoamiz iştirokidagi öyinlarda, katta futbol bahslarida eşitişni istaymiz!
Ş.Şokirjonov suhbatlaşdi.











