Kun.Munosabat. rukni muallifi Bobur Akmalov ham haftaning şov-şuvli voqeasiga e’tibor qaratdi. Xöş, öyindan söng nosportça xatti-harakatlarni amalga oşirgan “Neftçi” futbolçilari va klubning boşqa a’zolariga qanday çora körilişi lozim? Şu va öyin atrofidagi boşqa holatlarga şarhlovçi Xayrulla Hamidov öz munosabatini bildirdi.

“Öyin kutilganidek qiziqarli keçdi. Men aynan şunday öyin kutgandim. “Neftçi” öz aybi bilan şunday qiyin holatga tuşib qoldi. Bir tur avval oçko yöqotgan jamoa mana şu taxlit jazolandi. Ikki öyinda durang uçun öynagan jamoa ikki mağlubiyatga haqli böladi. “Turon” birinçi davradan söng 3-örinda edi. Jamoa 2-öringa ilinib qolişnigina öylayotgandi. Klub faqat va faqat ğalaba uçun öynadi. “Neftçi” esa durang qayd etsa ham çempion bölardi.

Ikki jamoaga ham homiylar tomonidan va’dalar berilgan bölsa kerak ijobiy natija uçun. Xullas, hamma voqealar şunga olib keldi. Janjalga sabab bölgan vaziyatlar: ikki marta böş darvozaga gol urilmagani, ustun, amalga oşirilmagan penalti... Qöl bilan öynalgan, deb gumon qilingan vaziyatda esa töp qölga tegmagandi.

Men futbolimizdagi muammolar va noxolisliklar şu kuni bor-böyi bilan yuzaga çiqdi, sabr kosasiga sönggi tomçi böldi, degan fikrga qöşilmagan bölardim. Bu birgina öyin voqeasi, faqat şu öyingagina taalluqli. Boşqa voqealarni bunga boğlamayman. “Neftçi” viloyatning boş jamoasi. Bunday jamoa yaqindagina asos solingan jamoadan (“Turon” klubiga 3 yil avval asos solingan) mağlub bölişi oğir botdi. Boz ustiga, öz muxlislari köz öngida şu voqea sodir bölyapti. “Neftçi” 2-taymda ham yaxşi öynagan bölardi, agar ilk taymda gol ötkazib yuborganida. Murabbiy Abdusamad Dörmonov jamoani 2-taymga yaxşi olib çiqa olişini avvalgi 3 öyinda ham körgandim.

Jamoaga jazo qanday bölişi kerak? Bu öyindagi mojaro ötiş öyiniga ta’sir qilmasligi kerak (PFL reglamentiga köra Proligada 2-örinni olgan jamoa Superligada 13-örinni egallagan jamoa bilan ötiş öyinida iştirok etadi). Balki ma’lum vaqt stadionga muxlislar kirişi taqiqlanar, balki ayrim öyinlar boşqa stadionda ötar, ammo jamoa “pulka”da öynaşi kerak. Hatto, boring ana, “Neftçi”ni ötiş öyinidan mosuvo qilişsa, uning örniga 3-örindagi “Dinamo” (Samarqand) Superligada oxirgidan bitta oldingi örinni olgan “Andijon” bilan öynaşi lozim. Ya’ni “Andijon”ning bunday iştirokini şunçaki qoldirib bölmaydi, jamoa yil davomida yomon öyin körsatib ham bu tariqa Superligada qolişi joiz emas. Agar loyiq bölsa, ötiş öyinida loyiqligini isbotlasin.