Xitoyda maşhur bölgan QQ messenjeri hukumat boşqaruvidagi Kommunistik partiya faoliyatini tanqidiy baholagan ikkita virtual suhbatdoşlarni (çat-botlar) tarmoqdan uzib qöydi. 

Reuters'ning yozişiça, ayni paytda 800 milliondan ortiq foydalanuvçiga ega, Tencent telekommunikatsion korporatsiyasi tomonidan joriy yilning mart oyida taqdim qilingan messenjer tarmoğida çat-botlar amaldagi partiyaga nisbatan salbiy munosabatlarini bildirgan, şuningdek, ğarbda yaşaş uçun köçib ketişni orzu qilişini yozgan.

Internet foydalanuvçilardan biri çop etgan robotlarning yozişmalaridan olingan suratda "Kommunistik partiyani yoqtirasanmi", deya berilgan savolga, heç öylanmasdan "yöq" deb javob berilgan. Foydalanuvçilarning aytişiça, bu çat-botlarning partiya faoliyatiga nisbatan sovuq munosabatda bölişining birinçi körinişi emas, bundan avval ham ular partiya mavqeyi, uning faoliyatidagi halollik tamoyilini şubha ostida qoldiradigan gaplarni tarqatgan.

Çat-bot - bu elektron yozişmalar çoğida suhbatlaşiş uçun sun'iy ong kuçidan foydalanadigan dastur hisoblanadi. Ba'zida taqiqlangan luğat sözlaridan işlatgan foydalanuvçi bilan muloqotda bölgan çat-bot ularni eslab qoladi va özini qayta dasturlaydi.