Oxirgi uç kun içida Yamanning Saudiya Arabistoni bilan çegarasi yaqinida Yaman hukumat qöşinlari va isyonçi husiylar örtasidagi töqnaşuvlar oqibatida kamida 50 kişi halok böldi.

Xitoyning "Sinxua" axborot agentligi ma'lumotlariga köra, ikki tomondan ham qurbonlar bor: 31 husiy va 17 yamanlik askar halok bölgan. 
 
Hukumat kuçlari 3 avgust kuni husiylarning Qizil Dengizdagi Midi porti yaqinidagi pozitsiyalariga hujum boşlaşgan. Ularga Saudiya Arabistoni çegara artilleriyasi va u boşçilik qilayotgan koalitsiya aviatsiyasi kömak körsatgan. Aviatsiya husiylar pozitsiyalariga kamida 20 ta zarba bergan.
 
Ta'kidlanişiça, Yaman armiyasi husiylarning hududdagi pozitsiyalarini egallab, srategik muhim Xudaydo portidan şimol tomondagi sohilböyiga surilmoqçi.