Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumanida 6 avgust kuni Şahrisabz tuman IIB HPB profilaktika inspektorlari tomonidan taqiqlangan ekinlarni yetiştirgan va giyohvandlik vositalarini qonunga hilof ravişda saqlagan şaxs qölga olindi.

Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi boş boşqarmasi Kun.uz’ga xabar bermoqda.

Şahrisabz tumanida ötkazilayotgan «Tozalaş» tadbiri davomida «Quşxona» mahallasi, Nurli Kelajak köçasida yaşovçi, 1967 y.t. B.A.  uyining hovlisida 4 (tört) tup yaşil rangli ötkir hidli ösimlik ekib, yetiştirib kelayotganligi aniqlandi.

Xodimlar tomonidan B.A.ning uyi közdan keçirilganda, hovlida turgan katta qozon içida ikki dona gugurt qutida joylaşgan yaşil rangli, ötkir hidli, quritilgan ösimlik borligi aniqlanib, tegişli tartibda hujjatlaştirib olindi.

Mazkur holat böyiça Şahrisabz tuman IIB tomonidan joriy yilning 6 avgust kuni fuqaro B.A.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi, 1-qismi va 276-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi.