Davlat xavfsizlik xizmati maʼlumotiga köra, uning Toşkent şahar boşqarmasi xodimlari poytaxt IIBB bilan hamkorlikda Yunusobod tumanida yaşovçi, 1993-yilda tuğilgan şaxsni töxtatib, xolislar iştirokida tekşirgan.
Oldindan kuzatuvga olingan mazkur şaxsning yonidagi uçta kiçik idişda jami 257 gramm gaşiş moyi borligi aniqlangan. Tezkor tadbir davomida uning yaşaş manzilidan yana sof oğirligi 2 kilogramm 831 gramm bölgan gaşiş moyi hamda elektron tarozi aşyoviy dalil sifatida olingan.
DXX xabarida mazkur şaxs internet narkodökonida işlagani ham qayd etilgan.
Farğonada gaşişni 10 700 dollarga sotişga uriniş aniqlangan
DXXning Farğona viloyati boşqarmasi xodimlari viloyat Bojxona va Içki işlar boşqarmalari bilan hamkorlikda yana ikki tezkor tadbir ötkazgan.
Birinçi holatda Farğona tumanida yaşovçi, 1988-yilda tuğilgan şaxs 982 gramm gaşişni şartli xaridorga 10 700 AQŞ dollariga sotmoqçi bölgan vaqtda uşlangan. Xabarga köra, uşbu modda qöşni davlatdan kontrabanda yöli bilan olib kelingan.
Boşqa holatda Farğona şahrida yaşovçi, 1997-yilda tuğilgan fuqaro Farğona tumanidagi yaşirin joydan 956 gramm gaşişni olib, uyiga qaytayotganida uşlangan.
DXX maʼlumotiga köra, bu moddani ham avvalroq narkokuryerlar qöşni davlatdan kontrabanda yöli bilan olib kirib, yaşirin joyga qoldirib ketgan.
Hozirda uçala holat böyiça tergov harakatlari davom etmoqda.

















