Davlat xavfsizlik xizmati maʼlumotiga köra, tadbirlar giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuçli taʼsir qiluvçi moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşiş doirasida ötkazilgan.

Andijon viloyatining Izboskan tumanida DXX viloyat boşqarmasi, Çegara qöşinlari va viloyat Bojxona boşqarmasi vakillari hamkorligida Toşkent şahri tomon harakatlanayotgan Lacetti töxtatib tekşirilgan.

Avtomaşinani Toşkent viloyatining Bekobod şahrida yaşovçi, 1986-yilda tuğilgan, muqaddam sudlangan şaxs boşqarib ketayotgan bölgan. Tekşiruvda maşina salonida 1400 dona «Regapen» kuçli taʼsir qiluvçi dori vositasi borligi aniqlangan.

Ikkinçi tezkor tadbir Qöqon şahrida DXXning Farğona viloyati boşqarmasi, bojxona va içki işlar organlari xodimlari hamkorligida ötkazilgan.

Unda 1976-yilda tuğilgan mahalliy fuqaroning sumkasidan 1092 dona «Regapen» hamda 200 gramm gaşiş topilgan. Ular aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.

Yana bir holatda Marğilondan Qöqon tomon harakatlanayotgan VAZ-21017 avtomobili Uçköprik tumani hududida töxtatib tekşirilgan.

Qöqon şahrida yaşovçi, 1985-yilda tuğilgan şaxs boşqaruvidagi maşina salonidan 99 dona «Tropikamid» kuçli taʼsir qiluvçi dori vositasi aniqlangan. Dorilar protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.

Hozirda har uçala holat böyiça mazkur şaxslarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.