Agentlik maʼlumotlariga köra, uşbu davrda 89 ta yirik narkojinoiy guruh faoliyatiga çek qöyilgan. Ulardan 1,4 tonna anʼanaviy va 61,7 kilogramm sintetik giyohvandlik vositalari, şuningdek, 4,6 million dona psixotrop va kuçli taʼsir qiluvçi moddalar olib qöyilgan.

Şuningdek, 15 ta onlayn narkodökon faoliyati tugatilgan. Narkotiklar savdosi bilan şuğullangan, jami 630 mingdan ortiq obunaçi va aʼzoga ega 1 911 ta internet resursi bloklangan. Ularning 609 tasi Telegram boti, 1 004 tasi yopiq, 298 tasi esa oçiq kanal, guruh va çatlardan iborat.

Tezkor-profilaktik tadbirlar natijasida 2 tonna 708 kilogramm narkotik va kuçli taʼsir qiluvçi moddalarning noqonuniy muomalasiga çek qöyilib, aholi orasida tarqalişining oldi olingan. Şundan 2 tonna 398 kilogrammini narkotiklar, 310 kilogrammini kuçli taʼsir qiluvçi moddalar taşkil etgan. Bundan taşqari, 3 633 dona psixotrop modda noqonuniy muomaladan olingan.

Sintetik narkotiklarni tayyorlaşda foydalaniladigan 10,5 tonna prekursor ham musodara qilingan.

Sakkiz oy davomida 18 ta ğayriqonuniy narkolaboratoriya aniqlangan. Ularda saqlangan jami 1 tonna 40 kilogramm giyohvandlik vositalari, kuçli taʼsir qiluvçi moddalar va prekursorlar noqonuniy muomaladan olingan.