Ayni kunlarda Londonda ötayotgan yengil atletika böyiça jahon çempionatining 30 iştirokçisi – sportçilar, murabbiylar va xizmat körsatuvçi xodimlar gastroenterit yuqumli kasalligidan davolanişmoqda. BBC Sport’ning britaniyalik şifokorlarga iqtibos keltirgan holda xabar berişiça, barça kasallanganlar Tower Hotel mehmonxonasida yaşaşgan va turli terma jamoalar a'zolaridir.
Mehmonxona rahbariyatining ta'kidlaşiça, infeksiya manbasi mehmonxonadan taşqarida joylaşgan.
Yuqumli kasallikning ommaviy tarqalişi haqida ilk bor 7 avgustda ma'lum bölgan.
Gastroenterit oşqozon va ingiçka içakning yalliğlanişi bölib, qayt qiliş, diareya, içki oğriqlar va spazmlar bilan keçadi.
Jahon çempionati 4 avgustda boşlangan va 13 avgustgaça davom etadi.












