8 avgust kuni Özbekiston yoşlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev hamda Kinematografiyani rivojlantiriş markazi direktori Oybek Abduşukurov har ikki taşkilot örtasida anglaşuv Memorandumini imzoladilar.

Memorandumga köra har ikki taşkilot hamkorligida “Yoş kinoijodkorlar uyuşmasi” nodavlat notijorat taşkilotini ta'sis etildi va kelajakda Uyuşmaga birlaşgan yoşlar iştirokida ijtimoiy ahamiyatga molik kinoloyihalar amalga oşiriladi. Şuningdek, memorandumda Özbekiston yoşlar ittifoqi qoşida “Yoşlar press klubi”ni taşkil etiş ham belgilangan bölib, bu orqali yoşlar muammolari va ularning yeçimiga bağişlangan turli şakl va janrlarda körsatuv va teledebatlar tayyorlaş nazarda tutilgan.

Bugungi kun kinematografiyasi uçun öta dolzarb hisoblangan masala, ya'ni zamonamiz qahramonlari obrazini yaratiş, yoş avlod ma'naviyatiga, tarbiyasiga ijobiy tasir körsatadigan badiiy, hujjatli, multiplikatsion hamda qisqa metrajli filmlar, şuningdek, teleseriallar işlab çiqariş ham mazkur hujjatning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Ijtimoiy ahamiyati yuqori bölgan mazkur memorandum yoş ijodkorlar uçun yuksak imkoniyat eşiklarini oçişi, yoşlarning kinematografiya sohasidagi ijodiy faoliyatini birgalikda olib borişlariga zamin yaratişi, uyuşmagan yoşlarni hayotda öz örnini topişlari uçun munosib şart-şaroitlar yaratişga xizmat qilişi şubhasiz.

Tadbirda sözga çiqqan Özbekiston yoşlar   ittifoqining raisi Qahramon Quronboyev, Kinematografiyani rivojlantiriş markazi direktori Oybek Abduşukurov hamda Özbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov bugungi kunda mamlakatimiz yoşlariga, jumladan, ijodkor yoşlarga berilayotgan keng imkoniyatlar, davlat miqyosidagi e'tibor haqida gapirib, yoş ijodkorlarni yanada faollikka, badiiy saviyasi yuqori asarlar yaratişga çaqirdilar.Şundan söng Yoş kinoijodkorlar uyuşmasi a'zolarining ilk mahsuloti – “Welcome to Bukhara” nomli imidjli viderolikning taqdimoti ötkazildi.

Mazkur videorolik yiğilganlarda kuçli taassurot qoldirdi. Dunyo standartlariga töliq javob bera oladigan mazkur viderolik ustida 50 kişilik guruh işlagan bölib, suratga oliş jarayonlari ikki hafta davom etgan. Biroq videorolik loyihasi ustida ijodiy guruh ikki oydan ortiq mehnat qildi. Videorolik uçun alohida musiqa bastalangan bölib, unda birorta ham tasodifiy kadr olinmagan, barça kadrlar yuqori saviyada sahnalaştirilgan.

Videorolik ğoyasi muallifi hamda rejissyori özining “Ona” (“U”) qisqa metrajli filmi bilan tanilgan Muxlisa Azizova bölib, u mazkur işida Buxoroning gözalligi-yu, turistik salohiyatini nafaqat tarixiy obidalar, balki insonlar çehrasidagi baxt, quvonçda aks ettira olgan va bu bilan loyiha oldiga qöyilgan maqsadga erişgan.

Ittifoq va Markaz örtasida imzolangan memorandumga asosan taşkil etilgan Yoş ijodkorlar uyuşmasining ilk işi – Özbekiston turizmini rivojlantiriş va xorijga reklama qilişga qaratilgan.

 

Kinematografiyani rivojlantiriş
markazi matubot xizmati