Xitoy içki bozorida tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş böyiça amaliy tavsiyalarni özida jamlagan, 2005 yili naşr çiqqan «Bir milliard xaridor» kitobining muallifi Jyeyms Makregor öz asarida şunday deydi:

«Xitoyda «​tinglayman va böysunaman»​ tamoyili asosida iş tutiş tadbirkorlik işingizga zarar yetkazişi yoki uni butunlay xonavayron qilişi mumkin».

Bu sözlar ayni kunlarda Xitoyning talablarini qondirib kelayotgan Apple rahbariyati uçun ham qöl kelişi mumkin, deb hisoblaşmoqda ğarb mutaxassislari. Negaki, VPN, proksi server yaratib berişda qöl kelişi mumkin bölgan ilovalar, Xitoy hukumatining talabi bilan Apple Store ilovalar yuklaş maydonining hududiy bölimlaridan olib taşlandi. Kompaniya rahbari Tim Kuk bu harakat bilan uning jamoasi Xitoy qonunçiligini hurmat qilişini bildirgan.

Iqtisodiy uruşda kompaniya qay tarafda turadi: Xitoy yoki AQŞ?

Boşqa tarafdan bu holat AQŞ prezidenti Donald Trampning Xitoy iqtisodiy ekspantsiyasiga qarşi aksilharakatlari naqadar murakkab jarayonda yuz berayotganini ham ifoda etib turibdi. Agar Oq uy vakillari Xitoyning intellektual mulk huquqlarini poymol etayotganini rökaç qilgan holda unga qarşi iqtisodiy uruşni e'lon qilsa, mamlakat içkarisidagi kompaniya direktorlari uçun bu masala oson bölmaydi.

2011 yil Microsoft kompaniyasi direktori lavozimida faoliyat olib borgan Stiv Balmer bir qança kompaniya moliyaviy kirimlariga oid raqamlarni oşkor qilgan. Unga köra, Microsoft​'ning Xitoydagi daromadi AQŞ bozorida topgan pullarining 5 foizga teng ekan. Heç kimga sir emaski, Xitoy iqtisodiy ösiş sur'atlari bilan ajralib turgan Osiyoning qudratli davlati bölib qolişi uzoqqa çözilmasligi mumkin. Şuning uçun şarqiy Osiyo mamlakati «Xitoyda işlab çiqarilgan-2025» loyihasini amalga oşiriş uçun katta işlarni boşlab qöygan. Loyihani muvaffaqiyatli tugallaş uçun, albatta, ğarb intellektual yutuqlari zarur böladi.

Xitoyliklar bozorida hozir bölişnng tovoni va mukofoti - bozorning özida

Masalaning yorqin argumenti şundan iboratki, Xitoy xalqaro IT kompaniyalarning bozoriga kirib kelişi uçun yangi texnologiyalarni sotişini söraydi yoki har xil talablarni qöya boşlaydi. Nega ğarbda hurmat va qudratga ega bölgan kompaniya rahbarlari Pekin oldida oddiy tadbirkorga «aylanib» qolmoqda? 

Birinçidan, Xitoy iste'mol bozori dunyodagi eng tez rivojlanib borayotgan qaynoq nuqtalardan biri hisoblanadi. Tadbirkorlarning har qanday şikoyati va kelişmovçiliklarga yöl berişi, Xitoy hukumati tomonidan qattiq jazolanişi mumkin. Bu esa turnaqator navbatda turgan raqobatçilar uçun yangi imkoniyat eşigini oçişi bor gap.

Ikkinçidan, bu joyda biznes psixologik omili ham katta ahamiyatga ega, ya'ni Xitoy milliy kompaniyalari mustaqil işlab çiqaruvçi korxonalarga aylanib bormoqda va ular hukumat buyruqlariga sözsiz amal qiladi. Demak, içki bozorni töyintirgan xitoylik tadbirkorlar eksport salohiyatini oşiriş uçun harakat qilişi ham mumkin.

Agar kompaniya Xitoy talablarini bajarmasa, qanday manzara paydo böladi? Birgina Google kompaniyasining 2010 yil Xitoy içki bozoridan çiqib ketişini eslaş yetarli yoki Facebook'ning man etilişi bunga yaqqol misol böla oladi. Ayni paytda har ikkala kompaniya ham yuqori lavozimdagi xitoylik mulozimlar bilan kelişuvlarga erişiş uçun qattiq harakat qilmoqda. Agar ular Xitoyga qaytgan taqdirda ham, avvalo talablarni bajarişi söraladi. Bundan keyin, Apple yoki Google'ning Xitoy bozoridagi umri bardavom böladi, deb heç kim kafolat ham bera olmaydi, xitoyliklarning talabi yana özgarib qolişi mumkin.