YouTube’da Kaliforniyaning Santa-Kruz şahri plyajidan olingan videoyozuv paydo böldi. Unda noyob tabiiy hodisa qayd etilgan.

Plyajda hordiq çiqarayotganlardan biri birdaniga qoronği bosa boşlagan osmon va tez yopirilib kelayotgan ulkan bulutni tasvirga olişga muvaffaq bölgan. Bu bulut özi bilan birga kuçli şamol, qum böroni va qörquv olib kelgan – voqea guvohlari yuz bergan hodisani "qiyomat qoyim" deb ataşgan.

Voqea iştirokçilarining videoga izohlarda yozişlariça, odamlar bulut ularning ustiga tuşişi yoki girdob hosil qilişidan qörqib, sarosimada plyajdan qoça boşlaşgan. Biroq ularning aytişiça, bölayotgan voqealar qanday şiddat bilan boşlangan bölsa, şu kabi tez yakun topgan. 

"Soyabonlar uçib ketdi, yuzim qum bilan qoplandi, odamlar şoşilinçda plyajni tark eta boşladilar. Bir neça daqiqadan keyin tumanli bulut yonimizdan ötib ketib, quyoş barq urdi", deb izoh bergan video muallifi.

Bulut paydo bölişining turli taxminlari bildirilgan. Ba'zilar hattoki bulut orasida koinot kemasi yaşirilgandi, degan taxminni ham bildirişgan.