Bugungi kunda mamlakatimizdagi ­islohotlar, eng avvalo, dunyoda, şu jumladan, jahon iqtisodiyoti ­kon'yunkturasida yuz berayotgan turli özgarişlarga mos holda amalga oşirilmoqda. Tanlab olgan yölimiz global inqirozdan keyin jahon iqtisodiyoti rivojlaniş ­sur'atlari pasaygan bir şaroitda özining barqarorligi va hayotiyligini körsatayotir.

Ekspertlarning tasdiqlaşiça, Özbekistonda kuzatilayotgan makroiqtisodiy barqarorlik taşqi salbiy ta'sirlarga samarali qarşi turiş imkonini berayapti.

Ayni vaqtda mamlakatimizda 2017 — 2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiya­sida belgilab berilgan vazifalar izçil röyobga ­çiqarilmoqda. Uşbu dasturiy hujjat mamlakatimizning mutlaqo yangi taraqqiyot bosqiçiga ötişi uçun yöl oçib berdi. Ekspertlar fikriça, Harakatlar strategiyasining qabul qilinişi Özbekiston uçun katta qadam bölib, mamlakat bu borada izçil va işonçli harakat qilib, zarur mustahkam asosni yaratgan edi.

Pragmatik va samarali muloqot

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari davlat va jamiyat munosabatlariga yangiça ruh bağişladi. Soha rivoji davlat hamda jamiyat, davlat organlari va fuqarolar örtasidagi munosabatlarning yangi şakllari amaliyotga joriy etilişiga xizmat qilmoqda.

Şu ma'noda, Özbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining samaradorligi körsatkiçi, joylardagi muammolarni ­çuqur tahlil etiş hamda hal qiliş ­mexanizmi sifatida muhim ahamiyat kasb etayotir.

Virtual qabulxona qisqa davr mobaynida aholini taşvişga solayotgan masalalarni yeçiş böyiça ta'sirçan vositaga aylandi. Buni murojaatlar statistikasi ham tasdiqlaydi. Ya'ni bugungi kunga kelib, fuqarolardan bir milliondan ziyod murojaatlar kelib tuşgan bölib, ulardan 94 foizi körib çiqilgan. Şunday qilib, davlat organlari va mansabdor şaxslarning jamiyat oldidagi javobgarligi tamoyili amalda röyobga çiqarilmoqda. Fuqarolarning mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyğusi kuçaygan. Bu esa davlat va xalq munosabatlaridagi özaro işonçning mustahkamlanişida, jamiyatning barqarorligi va taraqqiyotida muhim omil bölib xizmat qilayotir. Eng muhimi, ekspertlar aholi tafakkurida, dunyoqaraşida ijobiy özgarişlar yuz ­berayotganini qayd etişayapti. Ularning nazdida bu jamiyat oldidagi vazifalarni röyobga çiqarişda hal qiluvçi omil hisoblanadi.

 

Kreativ iqtisodiyot sari

Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan iqtisodiyotni diversifikatsiyalaş, qişloq xöjaligini tarkibiy yangilaş, şuningdek, taşqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirişga qaratilgan hayotiy taşabbuslar ilgari surilmoqda. Şunisi e'tiborliki, belgilangan vazifalarni töliq amalga oşiriş uçun Özbekistonda innovatsion taraqqiyotga hamda iqtisodiyotning ösiş sur'atini jadallaştirişga asoslangan kreativ iqtisodiyotni rivojlantiriş çora-tadbirlari körilayotir.

Uning asosiy ğoyasi nafaqat eksportni köpaytiriş, balki sifatli iş örinlari yaratiş imkonini beruvçi yangi tarmoqlar, tovar va xizmatlarni yölga qöyişni ta'minlaşdan iborat. Kreativ iqtisodiyot, şuningdek, “start-ap”lar, ya'ni yangiça biznes-loyihalar, original ğoyalarni qöllab-quvvatlaş orqali ­fuqarolarning işlab çiqarişdagi faol iştirokini közda tutadi.

Yurtimizda “start-ap”lar tobora keng joriy etilmoqda. Ular, ayniqsa, yoşlar orasida ommalaşgan. Masalan, şu yilning mart oyida Yoşlarning “start-ap” taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş dasturiga start berildi. Unda Özbekistonning turli oliy ta'lim muassasalaridan mingdan ziyod talabalar iştirok etdi. Keng qamrovli uşbu loyihada eng köp taşabbuslar elektron tijorat, ta'lim, kommunikatsiya va navigatsiya texnologiyalari, transport hamda yöl infratuzilmasi, tibbiyot va biotexnologiyalar sohasiga tegişli böldi.

Prezidentimiz tomonidan iqtisodiyotni rivojlantiriş hamda liberallaştiriş maqsadida 20 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, amaldagi qator qonunlarga özgartiş va qöşimçalar kiritildi, tadbirkorlik sub'yektlarini qöllab-quvvatlaş böyiça zarur şart-şaroitlar yaratildi. Xususan, davlatimiz rahbari taşabbusi bilan Kiçik tadbirkorlikni rivojlantiriş kafolat jamğarmasi, Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakili instituti tuzildi. Xalqaro ekspertlarning qayd etişiça, Özbekistonda iqtisodiy siyosatni amalga oşiriş böyiça yondaşuv özgarayapti. Bu, avvalambor, aholining iqtisodiy faolligini oşiriş va qulay işbilarmonlik muhitini yaratişga qaratilgandir. Bunda asosiy e'tibor yuqori texnologik va innovatsion işlab çiqarişni taşkil qiliş hamda kengaytirişga xorijlik şeriklar va investitsiyalarni jalb etişga qaratilmoqda. Çet el investitsiyalarini faol jalb qiliş, eksportga möljallangan mahsulotlar işlab çiqaradigan korxonalarni taşkil qiliş uçun qulay şaroitlar yaratiş maqsadida mamlakatimiz hududlarida erkin iqtisodiy zonalar faoliyati yölga qöyilayapti. Qisqa davr içida Qoraqalpoğiston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toşkent, Farğona va Xorazm viloyatlarida 11 erkin iqtisodiy zona taşkil etildi. Bu ham hududlarning işlab çiqariş va resurs salohiyatidan foydalaniş juğro­fiyasi kengayib borayotganini körsatadi.

Bugungi kunda Özbekistonda tadbirkorlikni rivojlantiriş izçil iqtisodiy taraqqiyotning harakatlantiruvçi kuçiga aylandi. 2016 yil yakunlariga köra, kiçik biznesning yalpi içki mahsulotdagi uluşi 56,9, sanoatda 38,9, çakana savdo aylanmasida 87,1, pullik xizmatlarda 50,8 foizni taşkil qildi. Iqtisodiyotning uşbu sektorida mehnatga layoqatli aholining 77,9 foizi band.

Ma'lumki, har qanday jamiyatning rivojlanganini inson kapitali, ya'ni intellektual salohiyat, salomatlik, ta'lim, mehnat unumdorligi, yuqori hayot sifati belgilab beradi. Bugungi zamonaviy ­dunyoda aynan uşbu omil kreativ iqtisodiyotning asosiy lokomotivi sanaladi. BMT tadqiqotiga köra, Özbekiston 2016 yil yakunlari böyiça inson rivojlanişi yuqori darajada bölgan davlatlar qatoridan joy oldi.

Ekspertlar yana şunga e'tibor berişmoqdaki, Özbekistonda kreativ sinfning şakllanişi faollaşdi va u kelgusida mamlakat iqtisodiyotida tayanç nuqtaga aylanadi. Jumladan, ilmiy işlanma hamda tadqiqotlar, tajriba-sinovlar ötkaziş, innovatsion mahsulotlar namunalarini özlaştirişga ixtisoslaşgan innovatsion texnoparklar taşkil etiş möljallanmoqda. Ular kimyo texnologiyalari, farmatsevtika va tibbiy biotexnologiyalar, quriliş materiallari, oziq-ovqat sanoati, energiya tejamkorligi, muqobil va qayta tiklanuvçi energiya manbalari işlab çiqariş, maşinasozlik, elektrotexnika singari sohalarga tegişli.

 

Milliy brend şakllanmoqda

Ma'lumki, muayyan davlatni xalqaro miqyosda ikki yöl bilan, ya'ni mamlakat brendini yaratiş hamda şu asosda milliy tovarlar va xizmatlarni keng ­işlab çiqariş orqali tarğib qiliş mumkin. Mutaxassislarning fikriça, muvaffaqiyatli brendni yaratiş “iqtisodiyotning olti burçagi” deb ataladigan hamda özaro boğlangan oltita sohani rivojlantiradi. Bular turizmni rivojlantiriş, eksport salohiyatini oşiriş, içki va taşqi siyosatni faollaştiriş, ­investitsiyalarni jalb qiliş, mamlakat madaniyatini tarğib qiliş hamda aholi farovonligini yuksaltirişdir.

Özbekiston jahon bozorida milliy brendni ilgari suriş böyiça ulkan imkoniyatlarga, zaxiralarga ega. Xususan, xalqimizning boy madaniy merosi, yurtimizning barqaror rivojlanib borayotgani, mehmondöst xalqimiz, zamonaviy infratuzilmalarga ega şaharlarimiz bu borada bizga qöl kelişi mumkin. Milliy brendni şakllantirişda davlat, biznes va jamiyat hamkorligi muhim örin tutadi. Bunda biznes milliy brendni moliyalaştirişga asosiy uluş qöşişi kerak böladi. Çunki aynan işbilarmonlar xorij investitsiyasini jalb qiliş va mamlakatimiz mahsulot hamda xizmatlarining dunyo bozorlariga çiqişidan manfaatdor. Davlatning muvaffaqiyatli brendi yaratilişi nafaqat içki va taşqi siyosiy imijni yaxşilaşga, balki uning xalqaro maydondagi ­siyosiy ta'sirini kuçaytiriş, eksport hajmini oşiriş, xalqaro aloqalar va şeriklik munosabatlarini mustahkamlaş, milliy ğurur va milliy özlikni anglaş tuyğularini rağbatlantiriş, mamlakat raqobatdoşligini oşirişga xizmat qiladi.

Binobarin, yurtimiz dunyo tamaddunining beşiklaridan biri sifatida asrlar davomida Mağrib va Maşriq örtasida köprik vazifasini ötab, insoniyatning madaniy hamda ilmiy boyliklarini özida jam qilgan. Jonajon Vatanimiz ilm-fan va madaniyat taraqqiyotiga beqiyos hissa qöşgan Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Uluğbek singari buyuk alloma hamda mutafakkirlarni yetiştirib bergan. Ekspertlar e'tirof etişiça, özbekistonliklar azal-azaldan nafaqat uddaburon tijoratçi, iqtisodiyotni boşqarişga qodir, pul topişning hadisini olgan kişilar bölişgan, şu bilan birga, ilm-fan dovruğini yoyişga ham katta hissa qöşgan.

Bugungi kunda mamlakatimizning ­eksport juğrofiyasi izçil kengayib borayapti. Dunyoning Yaponiya, Koreya ­Respublikasi, Kuvayt, Ömon singari qator davlatlarida savdo uylarini oçiş böyiça faol iş olib borilayapti. Afğonistonga “tahdidlar manbai” sifatida emas, balki strategik imkoniyatlar makoni sifatida qaralib, savdo aloqalari jadallaşayotir.

Mamlakat xalqaro imiji, köp jihatdan, öz yetakçisining barça islohotlarda asosiy taşabbuskor sifatidagi roli bilan belgilanadi. Bugungi kunda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faol foydalanişi, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi eng dolzarb muammolar böyiça muloqotga oçiqligi bilan mamlakat milliy brendini şakl­lantirişda örnak bölmoqda.

Uşbu yönalişda nufuzli xalqaro institutlarning baholari, reyting va indekslari muhim ahamiyatga ega. ­Masalan, Jahon bankining “Biznes yuritiş — 2017” deb nomlangan ma'ruzasiga köra, Özbekiston dunyoning 190 ta mamlakati orasida 87-örinni egallagan. Bundan taşqari, Jahon banki ötgan yili mamlakatimizni tadbirkorlik sohasida muhim islohotlar ötkazgan mamlakatlar öntaligiga kiritdi. “Focus Economics” tadqiqotlari natijalariga muvofiq, Özbekiston 2016 yilda yalpi içki mahsulot ösişi sur'atlari böyiça dunyoning 127 mamlakati orasida 7-örinni egalladi. ­AQŞning Gull-up instituti tadqiqotida özbekistonliklar sayyoramizda eng baxtiyor va ijobiy kayfiyatdagi xalqlar uçligidan joy oldi.

Umuman, kuçli milliy brendni şakl­lantiriş alaloqibat mamlakatimizning xalqaro reytingi, siyosiy ta'siri, investorlar işonçi ortişiga, mahalliy mahsulotlar eksporti ösişiga, turizmning rivojlanişiga, jamiyatda ijtimoiy barqarorlikning mus­tahkamlanişiga, aholi hayot sifatining yaxşilanişiga xizmat qiladi. Bugun Özbekiston öz atrofida farovonlik kamarini şakllantiriş, jamiyat hayotining barça jabhasiga zamonaviy yondaşuv va usullarni keng tatbiq etiş orqali öz bunyodkorlik ­salohiyatini jadal safarbar qilib ­borayapti.

Bunda mamlakat iqtisodiyoti taraqqiyotiga xalqimiz farovonligini oşiriş nuqtai nazaridan baho berilayotgani diqqatga sazovordir. Bunday yondaşuv, şubhasiz, yaqin istiqbolda özining yuksak natijalarini beradi.

Abror Yusupov,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti boş ilmiy xodimi.