Afğonistondagi Forob viloyati politsiya xodimlari Davlatobod tumanida minomyot portlaşi oqibatida 16 nafar tinç aholi vakillari qurbon bölib, ular qatorida 10 kişi voyaga yetmagan bola bölganini ma'lum qildi, deb xabar beradi Pajhwok naşri.

Ma'lum bölişiça, huquq-tartibot xodimlari hududga kiriş va çiqiş yöllarida nazorat post punktlarini örnatişni rejalaştirgan edi. "Tolibon" guruhi jangarilari bu harakatlarga qarşilik qilib, oqibatda ikki tomon örtasida qurolli töqnaşuv kelib çiqdi. Fuqarolar ölimiga sabab bölgan snaryadni kim otgani noma'lum. Şuningdek, töqnaşuv çoğida uç nafar ayol va bolalar oğir tan jarohati bilan şifoxonaga yetkazilgan.

Bundan avval, Saripul hududida bölib ötgan otişmalar paytida 50 nafar tinç aholi vakillari vafot etgani ma'lum qilingan edi.