Internet tezligi böyiça dunyo mamlakatlari röyxatida Özbekiston sakkiz poğona pastga tuşdi. Bu ma'lumot Ookla Speedtest Global Index hisobotida keltirilgan.

Reytingda Özbekiston mobil internetdagi 9,11 Mbit/s, axborot uzatişdagi 3,52 Mbit/s tezligi bilan 106 poğonani egallab turibdi.

MDH mamlakatlari orasida mobil internetdagi tezlik poygasida Qirğiziston (83), Qozoğiston (67), Gruziya (65), Ozarbayjon (62), Armaniston (54) Özbekistondan ilgarilab ketdi.

Reytingda birinçi örinni hamon Norvegiya egallab turibdi (52,59 Mbit/s). Ikkinçi örinda Niderlandiya (46,94 Mbit/s) va şohsupaning uçinçi poğonasidan Vengriya (46,24 Mbit/s) joy oldi.

Oddiy internet reytingida Özbekiston 126-örinni egalladi. Yuklaniş tezligi 5,38 Mbit/s.ni taşkil qiladi.

Yuklaniş tezligi 5,38 Mbit/s bölsa, axborot uzatiş tezligi 5,2 Mbit/sni taşkil qilayapti.