2025 yilga borib yölovçilarni taşiş bilan şuğullanuvçi samolyotlar haydovçisiz parvoz qilişi mumkin. "Kommersant" naşriga köra, soha vakillari şunday xulosaga kelişgan.
2025 yilda masofadan boşqariluvçi laynerlar paydo böladi, bu taşuvçi-kompaniyalarga yiliga 35 milliard dollar tejaş imkonini beradi. Birinçi navbatda uçuvçilar maoşiga yönaltiriluvçi xarajatlar sezilarli ravişda qisqaradi.
Umuman olganda, yölovçilar uçun ham ma'lum ma'noda qulaylik tuğiladi, zero parvozning avtomatlaşuvi çiptalar narxining 10 foizga arzonlaşişiga olib keladi. Töliq avtopilot texnologiyasi ustida Boeing kabi gigant işlamoqda. Kompaniya uçuvçining örniga sun'iy intellekt qaror qabul qiluvçi dasturiy ta'minot işlab çiqaradi.
Biroq yölovçilar hozirça bunday salohiyatdan xavfsiraşmoqda, söroq qilinganlarning 54 foizi uçuvçisiz laynerda parvoz qilmasliklarini ta'kidlaşgan, hatto çiptalar narxining pasayişi ham vaziyatni qutqarmaydi. Kabinadagi uçuvçining örnini heç kim bosa olmaydi deb hisoblovçi ba'zi ekspertlar ham bunga salbiy munosabat bildirişgan.












