Kaliforniyaning Montage Laguna Beach kurortidagi suv havzasining sayoz joyidan kulrang kit suzib ötdi. Uni na qirğoqdagilar va na suvda suzayotganlar körişmadi.
Drondan turib olingan video Orange County Outdoors sayti muharririga tegişli. U kitning paydo bölişi odamlar orasida vahima keltirib çiqarişini kutgan, biroq uni heç kim sezmagan. Rolik muallifining sözlariga köra, bu juda qörqinçli, axir odamlar akulani ham xuddi şunday sezmasligi mumkin-ku!
Rolik National Geographic va MSN saytlarida joylangan. Mazkur rolik ikki kun içida 1,5 million martdan köproq körilgan.












