Hindistonning Uttar-Pradeş ştati hukumati kislorod yetişmovçiligi tufayli kamida 60 nafar bola halok bölgan davlat şifoxonasi rahbarini işdan çetlatdi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi. 

Manbaga köra, BRD Medical College davlat şifoxonasi rahbari Radjiv Misrani çetlatiş töğrisidagi qaror şanba kuni keçqurun qabul qilingan. Hukumat şuningdek tibbiyot muassasasiga kislorod yetkazişga doir şartnomalarni tuziş fakti böyiça tergov ötkazişga qaror qilgan.

Şifoxonada hayotdan köz yumgan bemorlarning aksariyati yangi tuğilgan va ensefalit bilan kasallangan bolalar bölgan. Ölim holatlarining barçasi beş kun içida Gorakxpur tumanidagi Baba Ragxav şifoxonasida qayd etilgan. Ularning öttiztasi payşanba va juma kunlarida röy bergan. Mahalliy OAVga köra, şifoxonada vahima kötarilgan, bolalarning qarindoşlari tibbiyot xodimlariga sun'iy nafas tizimini qölda boşqarişga yordamlaşişgan. 

Ştat soğliqni saqlaş vaziri Sirxartx Natx Singx ommaviy ölim holatlari kislorod yetişmovçiligidan kelib çiqqanini inkor qilgan. Sönggi uç yilda şifoxonada kuniga 19-22 ölim holati kuzatilmoqda, dedi u. U gap aynan bolalar haqida ketayaptimi yoki yöq, aniqlik kiritmagan. 

Şifoxona bayonotida esa "kislorod bosimi pasaygani" qayd etilgan.