Bu prezidentning 2026-yil 4-noyabrdagi «Soğliqni saqlaş tizimini rivojlantirişda xususiy sektor iştirokini yanada kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ–392-son qarorida belgilandi.

Yangi tartibga köra, autsorsing şartnomalari xizmatning xususiyati va autsorser kiritadigan investitsiyalar hajmidan kelib çiqib, 5 yilgaça muddatga tuziladi.

Alohida hollarda investitsiyani qoplaş muddati hisobga olinib, Soğliqni saqlaş vazirligi xulosasi asosida şartnomani istisno tariqasida 10 yilgaça tuziş mumkin böladi. Yangi tartib joriy etilguniga qadar muddati tugaydigan autsorsing loyihalarini esa 2027-yil yakunigaça davom ettirişga ruxsat beriladi.

Şuningdek, 2027-yil 1-yanvardan soğliqni saqlaş tizimini taşkil etiş va rivojlantiriş böyiça uzoq va qisqa muddatli master rejalar asosida davlat va xususiy sektor iştirokida yangi mexanizmlar joriy etiladi.

Xususan, xususiy sektor tibbiyot sohasiga jalb etilayotganda hududdagi tibbiy xizmatlarga ehtiyoj hamda davlat va nodavlat tibbiyot taşkilotlarining mavjud quvvatlari inobatga olinadi.

Davlat kafolatlagan tibbiy yordamni körsatiş uçun zarur muassasalar davlat tasarrufida saqlanadi. Ularning quvvatlari aholining tibbiy xizmatlarga haqiqiy ehtiyojiga mutanosib ravişda rivojlantiriladi.

Faoliyat samaradorligini oşiriş, ilğor boşqaruv tajribasi va zamonaviy klinik texnologiyalarni joriy etiş zarur bölgan ayrim tibbiyot muassasalariga professional boşqaruvçilar jalb qilinadi.