Janubiy Koreya terma jamoasi boş murabbiyi Şin Te Yong JÇ–2018 saralaş bosqiçidan örin olgan sönggi ikki öyin uçun 26 futbolçidan iborat kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi.

Koreyalik mutaxassis «Tottenhem» a'zosi Son Xyon Min va «Suonsi» yarim himoyaçisi Ki Son Yonni terma jamoaga jalb qilgan.

Darvozabonlar: Kim Jin Xyun («Serezo Osaka», Yaponiya), Kim Seung Gyu («Vissel Kobe», Yaponiya), Ço Xyun Vu («Tegu»);
Himoyaçilar: Kim Ki Xi («Şanxay Şenxua», Xitoy), Kim Ju Yung («Xebey Çayna», Xitoy), Kim Yung Kvon («Guançjou Evergrand», Xitoy), Kim Min Je («Çonbuk Motors»), Kim Min Vu («Suvon Samsung»), Kim Jin Su («Çonbuk Motors»), Ko Yan Xan («Seul»), Çoi Çul Sun («Çonbuk Motors»);
Yarim himoyaçilar: Ki Son Yon («Suonsi», Angliya), Son Xyon Min («Tottenhem», Angliya), Li Kun Xo («Gangvon»), Ku Ja Çol («Augsburg», Germaniya), Yom Ki Xun («Suvon Samsung»), Nam Tae Xe («Al-Duxayl», Qatar), Jang Xyun Su («Tokio», Yaponiya), Li Je Sung («Çonbuk Motors»), Jung Vu Yong («Çongking Lifan», Xitoy), Kim Bo Kyung («Kaşiva Reysol», Yaponiya), Kvong Kyung Von («Tianjin Kuanjian»), Kvong Çang Xun («Dijon», Fransiya);
Hujumçilar: Li Dong Guk («Çonbuk Motors»), Kim Şin Vuk («Çonbuk Motors»), Xvang Xi Çan («Red Bull Zaltsburg», Avstriya).

Şin Te Yong bölajak öyinlar oldidan yaxşi tayyorgarlik körilayotganini va barçadan, hatto maydonga tuşmaydigan futbolçilardan bor e'tiborni qolgan ikki öyinga qaratişni talab qilayotganini aytdi.

«Termaga çaqirilgan 26 futbolçining barçasi saralaş bosqiçi yakuniga qadar bir butun böladi. Janubiy Koreya termasining taqdiri qolgan ikki öyinga boğliq. Ğalaba qozoniş uçun bor kuçimizni işga solamiz», – deya Şin Te Yong sözlarini keltirgan ÖFF rasmiy sayti.

Janubiy Koreya terma jamoasi boş murabbiyi, şuningdek, jarohati bor Son Xyon Min va Ki Son Yon haqida ham töxtalib ötdi.

«Ki Son Yon öynay olmasa ham unga sardorlik boğiçini bergim kelyapti. Ki milliy termamiz uçun muhim ahamiyatga ega futbolçilardan biri. Son Xyon Min «Tottenhem» maşğulotlariga qaytdi. Uni terma ixtiyoriga erta çaqira olmaymiz, uning tibbiy holatini yana közdan keçiramiz. Mening fikrimça, u saralaş bosqiçi öyinlari uçun yetarliga tiklandi», – degan koreyalik mutaxassis.

Ma'lumot uçun, Janubiy Koreya terma jamoasi 31 avgust kuni öz maydonida Eronga qarşi bahs olib borsa, 5 sentabr kuni Toşkentda Özbekiston termasi bilan kuç sinaşadi.