Rejissyor Roman Polanskiga yana ayblov bilan çiqişdi, yana bir ayol hali baloğatga yetmagan paytida rejissyor uni zörlaganini ma'lum qildi, deb yozmoqda Los Angeles Times.
Ta'kidlanişiça, ayolning ismi Robin. Uning sözlariga köra, Polanski uni 1973 yilda, 16 yoşda bölganida zörlagan.
Ayolning manfaatlarini himoya qilayotgan advokat Gloriya Olredning ma'lum qilişiça, hodisa Janubiy Kaliforniyada yuz bergan. Şu bilan birga, uning qayd etişiça, Robin voqea haqida batafsil ma'lumot beriş niyatida emas.
Şuningdek, Robinning aytişiça, zörlaş holatini oşkor etmaganiga sabab – otasi rejissyor butun umrga qamoqqa ötirişiga sabab böluvçi çoralarni körmasligini istagan.
Uning aniqlik kiritişiça, hodisa haqida boşqa ayol hukumatni Polanskiga nisbatan oçilgan şunga öxşaş işni yopişga çaqirganidan söng ma'lum qilişga qaror qilgan.
Ayni damda Roman Polanski 1977 yilda 13 yoşli Samanta Geymerni zörlaganlik işida ayblanuvçi sanaladi. Hodisa aktyor Jyek Nikolsonning uyida röy bergan. Kinorejissyor öz aybini tan oldi, biroq, sud uning tergov bilan kelişuvini bekor qilişidan xavfsirab, Fransiyaga qoçib ketdi hamda hozirda Amerika tomonidan qidiruvga berilgan.












