Belgiyalik Vink va Born Buko barbekyuni 51 soat 51 daqiqa 51 soniya mobaynida uzluksiz pişirib jahon rekordini örnatdilar, deb xabar berdi Belga axborot agentligi.
Rekord 15 avgustda Flamand Brabanti viloyatining Utingen şaharçasi yaqinida qayd qilindi.
Körilayotgan vaqtda barbekyu pişiriş işqibozlari 4 mingga yaqin göşt bölagini qovurdilar. Uşbu pazandaçilikni tomoşa qiliş uçun töplangan 100ga yaqin tomoşabin barbekyu mazasini totib kördi.
Jahon rekordi uçun belgilangan 10 ming yevro miqdoridagi sovrinni Tyurnxaut şahridagi vatandoşlari körsatkiçlarini 10 soatga yaxşilagan Vink va Born Buko oldi. Ular pullarni xayriya maqsadlarida işlatiş uçun topşirmoqçilar.
Barbekyuni pişiriş vaqtida rekordçilar holatini terapevt va osteopat kuzatib borgan.












