Şvetsiyaning IKEA kompaniyasi Belgiyadagi öta öng «Flamand manfaati» (Vlaams Belang) partiyasiga qarşi sud nizosida oraliq ğalabaga erişdi. Nizoga partiyaning migratsiyani qisqartirişga qaratilgan siyosiy rejasida IKEA tovar belgisidan foydalangani sabab bölgan.
8-sentabr kuni Lyuksemburgdagi Yevropa Ittifoqi sudi mazkur masala yuzasidan IKEA pozitsiyasini qöllab-quvvatladi.
Sud fikriça, boşpana va migratsiya siyosatiga oid siyosiy reja nomida IKEA kabi obröga ega tovar belgisidan foydalaniş kompaniya brendi nufuziga zarar yetkazişi va uning qonuniy manfaatlariga zid kelişi mumkin.
Sud talqiniga köra, obröga ega tovar belgisi egasi siyosiy partiya tomonidan uşbu belgidan foydalanilişiga qarşi çiqiş huquqiga ega. Bunda siyosiy partiya öz fikrini erkin ifoda etiş huquqi tovar belgisi egasining huquq va manfaatlaridan ustun ekanini asoslab berişi lozim.
«IKEA rejasi» nima?
Nizo 2022-yilda boşlangan. Öşanda «Flamand manfaati» partiyasi Belgiyaning migratsiya qonunçiligini isloh qiliş böyiça öz dasturini «IKEA rejasi» deb atagan.
Partiya hatto siyosiy rejasini IKEA mebellarini yiğiş böyiça maşhur yöriqnomalar uslubida bezagan.
Biroq bu holatda IKEA sözi kompaniya nomi sifatida emas, balki niderland tilidagi Immigratie Kan Echt Anders iborasining qisqartmasi sifatida işlatilgan. Uni mazmunan «Immigratsiya haqiqatan ham boşqaça bölişi mumkin» deb tarjima qiliş mumkin.
Şundan söng IKEA öz tovar belgisidan siyosiy kampaniyada foydalanilganiga qarşi sudga murojaat qilgan.
«Flamand manfaati» esa IKEA brendining keng tanilganidan öz siyosiy ğoyalariga eʼtibor jalb qiliş va ularning taʼsirini kuçaytiriş maqsadida foydalanganini yaşirmagan. Partiya bu harakatini fikrni erkin ifoda etiş huquqi bilan asoslagan.
Ikki fundamental huquq örtasidagi nizo
Işni körib çiqayotgan Belgiya sudi mazkur vaziyatda ikki asosiy huquq - mulk huquqi hamda fikrni erkin ifoda etiş huquqi örtasida ziddiyat mavjud degan xulosaga kelgan.
Şu sababli Belgiya sudi Yevropa Ittifoqi sudidan masala böyiça huquqiy talqin berişni söragan.













