Quruvçilar xazinani kanalizatsiya quvurlari uçun yöl oçayotganda, uy ostidagi yertöla devorida uçratişgan.

«Men avvaliga ularni 1 yevrolik tangalar deb öyladim. Lekin keyin yonida bir yombi oltinni körib qoldim. Va şunda biz kattaroq narsani topganimizni bildik», – deydi brigada a’zosi, 18 yoşli talaba Kobe Belgiyaning VRT teleradiokompaniyasiga.

Quruvçilar xazinani özlarida olib qoliş haqida öylaşmagan va darhol politsiyani çaqirişgan.

«U yerda juda köp tanga va yombilar bor edi – buning imkoni yöq edi, – deydi VRT telekanaliga brigadir Mario. – Ha, bu şunçaki öğrilik bölgan bölardi».

«Töqqiz million yevro – bunça narsani yaşirib bölmaydi», – deya uning fikriga qöşiladi Kobe.

Politsiya tomonidan e’lon qilingan fotosuratlarda köriş mumkinki, barça oltin quymalar markirovka qilingan, ammo ular va tangalar qaysi davrga mansubligiga aniqlik kiritilmagan. Ular qaçon va qanday qilib devor içiga solib qöyilgani haqida ham ma’lumot yöq.

Mahalliy naşrlar xabar berişiça, xazina topilgan Belgiya şimolidagi Dendermonde tumanida joylaşgan uy XIX asr oxiridan beri pivo işlab çiqaruvçi tadbirkorga tegişli bölgan, hozir esa işçilar uni Dendermondeda ijtimoiy yordam bilan şuğullanuvçi CAW Oost-Vlaanderen taşkiloti (taşkilot binoni sotib olgan) ehtiyojlari uçun töliq qayta qurmoqda.

CAW Oost-Vlaanderen direktori Gert Hillert jurnalistlarga bu hayratlanarli topilmadan juda xursand ekani va bu boylik uning xayriya taşkilotiga berilişi va odamlar uçun işlatilişiga umid qilişini aytgan.

Ammo Belgiya naşrlari yozişiça, bu oson bölmaydi.

Birinçidan, jurnalistlarning yozişiça, xazinani uni topgan işçilar va uyga egalik qiluvçi taşkilot örtasida bölişiş kerak.

Ikkinçidan, Belgiya qonunlariga köra, xazinaning qonuniy egasi paydo bölişi uçun beş yil kutiladi.

Uçinçidan, agar yaşirilgan xazina jinoiy yöl bilan qölga kiritilgani ma’lum bölsa, xazina bu tomonlarning heç biriga nasib etmaydi.