«Biz Özbekiston va Qirğizistonning özaro manfaatli hamkorligiga raxna soluvçi barça tösiqlarni olib taşlaymiz», — degan Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov Qirğiziston poytaxti Bişkekda bölib ötgan ikki tomonlama hamkorlik, çegaralarni delimtiatsiya va demarkatsiya qiliş böyiça hukumatlararo komissiyaning yiğilişida. Bu haqda 24.kg ma'lum qilmoqda.
A.Aripovning sözlariga köra, davlat rahbarlarining doimiy muloqotda bölib turgani sababli 2016 yildan buyon ikki davlat örtasida barça asosiy yönalişlar böyiça ikki tomonlama munosabatlar sezilarli tarzda jonlangan.
Boş vazirning qayd etişiça, sakkiz yillik tanaffusdan söng işlarning qayta tiklanişi — ikki tomonlama hamkorlik holatini tahlil qiliş va hamkorlikni kengaytirişning amaliy çora-tadbirlarini işlab uçun uçun yaxşi imkoniyatdir.
Savdo-iqtisodiy munosabatlarga töxtalar ekan, Abdulla Aripov Özbekistonda 2017–2021 yillar uçun harakatlar startegiyasi qabul qilinganini qayd etib, unga köra iqtisodiyotning ösişini ta'minlaş, uni liberallaştiriş va raqobatbardoşligini oşiriş yuzasidan keng kölamli çora-tadbirlar işlab çiqilganini aytib ötdi.
«Mamlaktimizda avtomobilsozlik, neft-kimyo, farmatsevtika va maişiy elektronikaning bir qator yuqori texnologiyali sohalari yaratildi. Qişloq xöjaligi maşinasozligi, elektrotexnika, kimyo va tekstil sanoati ilğor xorijiy texnologiyalar asosida tubdan zamonaviylaştirildi. Bizning qirğizistonlik hamkasblarimiz ham ana şunday natijalarga erişgan, deb umid qilamiz», — dedi Abdulla Aripov.
«Biz ançadan beri filmotekalarimiz bilan alişmadik», — dedi hukumatlararo komissiya yiğilişida Abdulla Aripov.
Boş vazirning sözlariga köra 2017 yil oktabr oyida ikki mamlakatda bir vaqtning özida taşkillaştiriladigan madaniyat kunlari bölib ötişi kutilmoqda.
«Biz hamma narsani qayta körib çiqib, toza varaqdan boşlaşimiz, hamkorlikni yölga qöyiş uçun ajratilgan vaqt örnini töldirişimiz kerak», — degan Özbekiston hukumat rahbari.












