«ASE» Injiniringovaya kompaniya» AJ boşqaruv kompaniyasining Janubiy Osiyodagi loyihalari böyiça vitse-prezidenti Andrey Lebedevning ma'lum qilişiça, Xitoy Rossiyaga Tszyansu viloyatida yangi atom elektrostansiyasini qurişni taklif qilmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

«Olti blokdan iborat bölgan ikkinçi maydonça imkoniyatlari körib çiqilmoqda, hamda bizning Xitoy bilan özaro muloqotimizda muhokama etilayapti, şuning uçun bizda bu yerda yaxşi istiqbollar bor», - dedi Lebedev.

Uning qöşimça qilişiça, Rossiya tomoni Xitoydagi yangi olti blokli atom elektrostansiyasining kamida ikki energoblogi qurilişida iştirok etişni möljallagan.

Dunyodagi eng kuçli elektrostansiyalar